308
tarkibiga rekristallanish tezligini pasaytiruvchi moddalar – tuzilish hosil qiluvchi
promotorlar kiritiladi. Mexanik va termik ta‘sirlar ham katalizator
zarrachalarining asta – sekin yemirilishiga olib keladi.
Katalizatordagi kimyoviy o‗zgarishlarni ularning yuzasiga xom ashyodagi
qo‗shimchalar yoki ularning parchalanish mahsulotlarining xemosorbsiyasi
keltirib chiqaradi. Katalizatorni zaxarlovchi qo‗shimchalar zaxarlar deyiladi.
Neftni qayta ishlash jarayonida oltingugurt, azot va boshqa geteroatomlarning
birikmalari hamda xomashyoda bo‗lgan metallorganik birikmalar zaxarlar bo‗lib
hisoblanadi. Uglevodorodlarni katalitik qayta ishlaganda katalizator yuzasida
asta – sekin koks to‗planadi. Koks qatlamlari katalizatorning faol yuzasini
qoplaydi va unga xom ashyo molekulalarining yaqinlashishiga to‗sqinlik qiladi.
Katalizatorning yuzasidan koks qatlamlarini havo kislorodi, CО
2
yoki suv bug‗i
bilan regeneratsiya jarayonida yo‗qotiladi.
Dostları ilə paylaş: