―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə164/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

CH
3
 – CH
2
 – CH
2
 – CH
2
 – C(CH
3
)
2
– CH
2
 – CH
2
 – CH
2
 – CH
2
 – CH
 
 = CH
2
→ 
– CH
2
 – CH
2
 – CH
2
 – CH
2
 
 
Parchalanish va izomerlanish ental‘piyasini solishtirish shuni ko‗rsatdiki, 
ko‗pchilik holarda izomerlanish parchalanishdan oldin sodir bo‗lishi kerak. 
Uchlamchi karbokationlar asosan hosil bo‗lishi va ularning barqarorligi 
alkanlarning katalitik krekingida izotuzilishlarning to‗planishiga olib keladi.
Karbokationlarning alken va arenlarga birikishi 
Bu reaksiya karbokationning parchalanishiga teskari bo‗lgan reaksiyadir. 
Shuning uchun issiqlik effektining o‗zgarishi parchalanish reaksiyasiga 
teskaridir.
Alken molekulasiga yoki katalizatorning anioniga protonni uzatish. 
Birlamchi karbokationdan proton jaralib chiqish natijada uchlamchi 
karbokation hosil bo‗lsa, bunday reaksiya energetik jihatdan eng qulaydir.
Katalizatorga proton uzatilganda zanjirning uzilishi sodir bo‗ladi.
Uglevorod molekulasidan gidridionning uzilishi. 
Masalan:
+СН
3
СНСН
2
СН
3
+СН
3
(СН
3
)СН→ 
→СН
3
СН
2
СН
2
СН
3
+СН
3
С(СН
3
)СН
3
+41 kDj/mol‘ 
Odatda bunday yo‗l bilan zanjirning uzatilishi amalga oshiriladi.
Uglevodorod molekulasidan gidrid – ionning uzilish reaksiyasida 
karbokationning faolligi ham quyidagi qatorda pasayadi:
R+birl.> R+ikkil.> R+uchl. 
Karbokationli reaksiyalar doimo yoki suyuq fazada yoki qattiq katalizator 
yuzasida sodir bo‗ladi. Eritmada solvatlanish va qattiq yuzadagi reaksiya 
vaqtidagi ionlar adsorbsiyalanish reaksiyasining issiqlik samarasini ancha 
o‗zgartiradi. Natijada real jarayonlarda har xil karbokationlar reaksiyalarining 


313 
issiqlik samaralarining nisbatlari gaz fazadagi hisoblab chiqilgan nisbatlardan 
keskin farq qilishi mumkin.
Katalitik riforming texnologik tizimi 
Hozir neftni qayta ishlash zavodlarida benzin sifatini yaxshilash imkonini 
beruvchi, shuningdek qimmatbaho monomerlar olish jarayonlaridan biri 
katalitik riforming hisoblanadi va bu jarayon keng tarqalgan bo‗lib, ayni vaqtda 
katalitik riforming qurilmalari asosan platinali katalizatorda ishlaydi.
Katalitik 
riforming 
bu 
avtomobil 
benzinining 
yuqori 
oktanli 
komponentlarining fraksiyalarini yoki individual aromatik uglevodorodlar
benzol, toluol va ksilollarni past oktanli benzindan olishning asosiy 
jarayonlaridan biri bo‗lib hisoblanadi. Jarayonning asosiy afzalligi bu 
gidrogenizatsion jarayonlar uchun zarur bo‗lgan arzon vodorod saqlagan 
gazning hosil bo‗lishidadir.
Sanoatda hozirgi vaqtda riformingni ikki xil variantini qo‗llanadi. 
Birinchi 
variant 
(yokilg‗ili) benzinning yuqori oktanli komponentini ishlab chiqarish 
ikkinchi variant 
esa (neft kimyoviy) - aromatik uglevodorodlarni olish. Bu 
sxemalarning asosiy farqi turli past oktanli benzinli fraksiyalarni riforminglash. 
Ikkinchi variant hamda 62-140ºС dan benzinli fraksiya riformingga uchratiladi 
chunki, bu fraksiyaning riformatida sanoat ahamiyatiga ega bo‗lgan asosiy 
aromatik uglevodorodlar benzol, toluol va ksilollarning eng ko‗p miqdori 
mo‗jassamlashgan. Bu aromatik uglevodorodlarni riformatdan ekstraksiyalash 
bilan ajralib boriladi.
Hozirgi vaqtda tovarli benzinning ekologik xossalariga katta e‘tibor 
qaratilyapti: birinchi-navbatda benzolning miqdorigacha 1% (mas) aromatik 
uglevodorodlarniki 25% (mas) gacha chegaralanadi. Rossiyada tovarli benzinga 
qattiq talablar qo‗yadigan texnologik reglament kiritilgan katalitik riforming
qurilmalarida olinadigan benzinga benzol va aromatik uglevodorodlarning juda 
standartlariga to‗g‗ri kelmaydi. Shu sababli riforming qurilmalarini aromatik 
uglevodorod va texnik vodorodni ishlab chiqarishga o‗tkazadilar va umumiy 
benzin fondida benzin riforminglarining miqdorini qisqartiradilar. Boshqa 


314 
yo‗nalish bu riformatni dearomatlash va izomerlash bo‗lib, u muvaffaqiyatli 
amalga oshirilayapti. Riforming benzinni eng yirik ishlab chiqaruvchi bo‗lib 
qoladi.
Katalitik riforming jarayonidan maqsad 
- yuqori oktanli avtomobil benzin 
komponentini ishlab chiqarish shuningdek, aromatik uglevodorodlar benzol, 
toluol va ksilollar olishdir. Jarayon natijasida vodorod saqlovchi gaz ham olinadi 
va keyinchalik yoqilg‗i, moy va boshka fraksiyalarni gidrotozalashda hamda 
gidrokreking qurilmalaridan foydalaniladi.
Katalitik riforming xom ashyosi bo‗lib to‗g‗ri haydashdan olingan benzin 
fraksiyalari xizmat qiladi. Yuqori oktanli benzin olish uchun katta benzin 
fraksiyalari (85-180
0
C) xizmat qilsa, benzol toluol, ksilol olish uchun 62-85, 
85..115
0
C ва 115-150
0
C fraksiyalaridan foydalaniladi, ba‘zida keng benzin 
fraksiyalariga termik kreking jarayonidan olingan past oktanli benzinlar ham 
qo‗shiladi. Bunda xom ashyo oltingugurtli bo‗lganda katalizator zaxarlanishi 
mumkin, shuning uchun doim riforminga gidrotozalangan xom ashyo kiritiladi.
Xomashyoning tarkibidagi oltingugurt miqdori 0,01% bo‗lishi kerak. 
Jarayonning ximizmi mexanizm va termodinamikasi 
Katalitik riforming sharoitida aromatik uglevodorodning hosil bo‗lishiga 
olib keladigan quyidagi asosiy reaksiyalar sodir bo‗ladi:
olti a‘zoli sikloalkanlarni degidrogenlash 
C
6
H
11
CH
3
→ C
6
H
5
CH
3
+ 3H
2

besh a‘zoli sikloalkanlarni degedroizomerlash
C
5
H
9
CH
3
→ C
6
H
12
→ C
6
H
6
+ 3H


alkanlarni degidrotsiklizatsiyalash
C
7
H
16
→ C
6
H
5
CH
3
+ 4H


alkenlarni siklodegidrogenlash
C
7
H
14
→ C
6
H
5
CH
3
+ 4H
2
Arenlarning to‗planishga olib keladigan sanab o‗tilgan reaksilar bilan bir 
qator boshqa jarayonlar ham boradi, ya‘ni parchalanishning keyinchalik 


315 
gidrogenlash bilan boradigan alkanlarning kreking alkanlarning izomerlanish 
arenlar yon zanjirlarning izomerlanish kislorod saqlagan va metalloorganiq 
birikmalarning 
parchalanish 
aren 
va 
alkenlarning 
kondensasiyalanish 
reaksiyalari.
Kondensasiyalanish reaksiyalari koksning hosil bo‗lishiga va uning 
katalizatorga to‗planishiga olib keldi buning natijasida katalizatorning faolligi 
yo‗qoladi. Shuning uchun jarayon vodorodli muhitda olib boriladi.
Degidrogenlash 
va 
degidrosiklizatsiyalash 
reaksiyalarining 
tenglamalaridan ko‗rinib turibdiki Le-Shatelye prinsipi va massalar ta‘siri 
qonuniga binoan vodorod bosimning oshishi bu reaksiyalarning muvozanatini 
o‗ngdan chapga siljitadi. 
Shu bilan birga ko‗rsatilganki, vodorodning bosimi qancha yuqori bo‗lsa 
shuncha koksning to‗planishi kam bo‗ladi. Mana shu ikkita qarama-qarshi 
vaziyatlar bilan riformingdagi vodorodning parsial bosimini tanlash amalga 
oshiriladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   160   161   162   163   164   165   166   167   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin