―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


Qo‗zg‗aluvchan katalizator qatlamida boruvchi reforming



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə167/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

7.9.Qo‗zg‗aluvchan katalizator qatlamida boruvchi reforming
jarayoni tavsifi 
CCR– riforming (Continuosis catalytic reforming) nomini olgan 7.9 -
rasmda keltirilgan VOP kompaniyasining harakat qiladigan qatlami bo‗lgan 
katalizatorli riforming qurilmasining texnologik sxemasi keltirilgan. Ishchi 
bosimning xom ashyo o‗zgarishi chuqurligining oshishi bilan bir vaqtda 
pasayishi holida bu texnologik sxema eng tejamlidir. Birinchi qurilma AQShda 
1971 yilda ishga tushirilgan edi.
7.9-rasm. Harakatchan qatlamli riforming teхnologik tizimi (CCR-riforming) 
 
1-3-reaktorlar, 4-katalizator regeneratori; 5,6-yuqori va past bosimli separatorlar; 
7-barqarorlashtiruvchi kolonna; 8-ko‘p seksiyali pech; 9-12 nasoslar; 13,14-issiqliq 
almashtirgichlar; 15,16- sovutgichlar; 17-idish; 18-pech; 19,20-kompressorlar; 21-havoli 
sovutish apparati; I-хom ashyo (benzin 85-180

S); II-regenerasiyalanishga yuborilgan 
katalizator; III-regenerasiyalangan katalizator; IV-gaz хom ashyoli aralashma; V-gaz 
mahsulotli aralashma; VIaylanib turadigan vodorod saqlangan gaz; VII-ortiqcha vodorod 
saqlangan gaz; VIII-quruq gaz; IX-suyuq gaz va yengil riformat aralashmasi; X-barqaror 
riformat; XI-kondensat.
 
Aylanib turadigan vodorod saqlagan gaz bilan aralashtirilgan, issiqlik 
almashtirgich 13 va ko‗p seksiyali pech 8 da isitilgan xom ashyo birin-ketin 
reaktor 1-3 larda va o‗sha pechning qolgan ikkita seksiyasidan o‗tadi. Uchta 
reaktor bir - birining ustida joylashgan va bir-biri bilan kichik diametrli 


321 
naylarning tizimi bilan bog‗langan. Diametri 1,6 mm bo‗lgan sharikli katalizator 
reaktordan reaktorga og‗irlik kuchi ta‘sirida erkin oqib o‗tadi. Uchinchi 
reaktordan sharli klapanli katalizator zanjirlar sistemasidan o‗tib regenerator 4 
ga kelib tushadi u yerda katalizator yuzasidagi koks kuydiriladi.Regenerator 
uchta texnologik zonaga ajratilgan reaksion gazlarning radial oqimi bo‗lgan 
apparatdan iborat. Yuqori zonada kislorodning molli miqdori 1 % dan kam 
bo‗lmaganda koksning kuydirilishi olib boriladi, o‗rtadagi zonada kislorodning 
miqdori 10-20% va xlororganiq moddalarni berib turganda katalizator 
metallarining dispergirlash uchun katalizatorning oksidlovchi xlorlanishi 
o‗tkaziladi. Pastki zonada metallarni qaytarish uchun katalizatorni quruq havo 
oqimida qo‗shimcha qizdiradilar. Zonalar bir-biridan gidravlik ajratilgan. Gaz 
mahsulotli 
aralashma 
yuqori 
va 
past 
bosimi 
ajratgichlardan 
5,6, 
barqarorlashtirish ustunidan 7 o‗tadi, so‗ngra riformat tovarli benzinni 
tayyorlash uchun yuboriladi. Ustunning 7 ustidan gaz suyuqlik aralashmani 
chiqarib havoli sovutish apparatida 21 sovutadilar, so‗ngra ajratgich 17 quruq va 
suyuqlantirilgan gazga ajratadilar. Quruq gazni yonilg‗i tarmog‗iga chiqaradilar, 
suyuqlantirganini qisman ustunga 14 qaytarib yuboradilar, balans miqdorini esa 
tovar parkiga yuboradilar. 
Harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo‗lgan qurilma ishining tartibi 
(rejimi).
Harorat, 
0
С.......................................................................... 495-540
Bosim, MPа...........................................................................0,9-1,2
Xom ashyo yetkazib berishning hajmiy tezligi, с
-1
..........1,8-1,9
Vodorod saqlagan gazning aylanib turish karraligi,
m
3
/m
3
xom ashyoga............................................................................. 800-900
Reaktorlar bo‗yicha katalizatorningtaqsimlanishi .......1:2:4
Mahsulotning oktan soni (t.u.).........................................100
Mahsulotda aromatik uglevodlarning miqdori, % (haj)... 55-58
Uchta reaktordan har qaysidagi haroratning tushishi tegishli mos ravishda 
83,37 va 24
0
С ni tashkil qiladi. Regeneratsiyalash, quritish va qaytarilishga 


322 
yuboriladigan katalizatorning ulushi taxminan 0,4-0,5% ni tashkil qiladi.
Harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo‗lgan riforming qurilmasining 
moddiy balansi (% (mas)) qo‗zg‗almas qatlamli qurilmaga nisbatan riformat va 
vodorod chiqishining oshishini ko‗rsatadi.
Xom ashyo (85-180 
0
С dagi fraksiya)...............................................100,0
Jami: ...............................................................................................100,0
Olingan:
Uglevodorodli gaz (С
1

2
)..............................................................5,1 
Suyuqlantirilgan gaz (С
2

4
) ........................................................3,4 
Riformat .........................................................................................88,0 
Vodorod saqlagan gaz.......................................................................3,5 
Shu jumladan vodorod ....................................................................3,1 
Jami: .............................................................................................100,0 
Sarf ko‗rsatgichlari (1 t xom ashyoga)
Suv bug‗i Gkal...............................................................................0,15-0,19
Elektr quvvati, kVt S.....................................................................20-30
Aylanadigan suv, m3 ........................................................................3-10
Yoqilg‗i, kg........................................................................................80-100
Katalizator, kg.......................................................................... 0,01-0,03
Harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo‗lgan riforming benzin chiqishi 
va oktan soni qiymatining doimo yuqoriligini (105 gacha) hamda jarayonning 
olib borilish sharoiti uncha qattiq bo‗lmaganda vodorodning maksimal 
chiqishini ta‘minlaydi. Hozirgi zamon NQIZda qo‗zg‗almas qatlamli katalizatori 
bo‗lgan riforming qurilmalarini harakat qiluvchi qatlamli katalizatori bo‗lgan 
jarayonga o‗tkazishga harakat qiladilar. ―Axens‖ kompaniyasi tomonidan ikkita 
shunday jarayon sanoat miqyosida ishlab chiqilgan va tadbiq qilingan. Bular 
dualforming va oktanayzing jarayonlari bo‗lib qo‗zg‗almas qatlamli katalizatori 
bo‗lgan riforming sxemasiga nisbatan ishchi bosimning pasaytirilishini ko‗zda 
tutadi, bu esa uglerodli xom ashyoning krekinglanishini pasaytiradi va riforming 
mahsulotlarining ayniqsa vodorod chiqishining oshishiga olib keladi. 


323 
Dealkillash reaksiyalari ham yo‗qotiladi, bu reaksiyalar davomida og‗ir 

aromatika‖
benzolga aylanadi. Bundan tashqari, riforming-benzinning 
to‗yingan bug‗lari bosimi pasayadi.
Dualforming jarayoni qo‗zg‗almas qatlamli katalizatori bo‗lgan riforming 
qurilmasini yangi to‗rtinchi reaktor va harakat qiladigan katalizator bilan 
bog‗langan regeneratorni montaj qilish hisobiga rekonstruksiyalash yo‗li bilan 
amalga oshiriladi.
Dualforming qurilmaning an‘anaviy texnologik sxemasida bo‗lgan 
jihozlarni maksimal qo‗llashga imkon beradi. Mavjud bo‗lgan reaksion tizimga 
integratsiyalangan katalizatorning uzluksiz sirkulyatsiyalash tizimii bo‗lgan 
yangi reaktorning montaji ko‗zda tutilgan. Shu bilan birga yangi pech va 
vodorod uchun qo‗shimcha kompressorning montajini ham o‗tkazish zarur.
Oktanayzing jarayonini uchta gorizontal joylashgan reaktorlarga uchinchi 
va birinchi reaktorga bog‗lanadigan regeneratorni qo‗shish yo‗li bilan amalga 
oshirish mumkin. Katalizator aylanib turishining ajoyib tizimining uzluksiz 
regeneratsiyalash konturi bilan uyg‗unlashuvi reaktorlarni bir-biri bilan yonma - 
yon joylashuviga imkon beradi, bu esa joriy ta‘mirlashni soddalashtiradi.
Shu bilan birga oktanayzing texnologiyasi bo‗yicha rekonstruksiyalash 
harakatga bo‗lgan qurilma reaktorlarini to‗liq almashtirishni ko‗zda to‗tadi, bu 
esa ancha katta investitsiyalarga sabab bo‗ladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   163   164   165   166   167   168   169   170   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin