―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Termodinamik jarayonning olib borilishi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə170/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

8.1-rasm. Termodinamik jarayonning olib borilishi 
Ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarga bosim ostida termik kreking, 
visbreking, kokslash, piroliz, katalitik kreking jarayonlarining benzinli, 
kerosinli, dizelli va vakuumli fraksiyalari kiradi, ya‘ni ko‗p miqdorda 
to‗yinmagan va aromatik uglevodorodlarni oladigan jarayonlarda ham.
Ikkilamchi kelib chiqishli distillyatlarni gidrogenlash to‗g‗ri haydalgan 
distillyatlarning gidrotozalashdan shu bilan farq qiladiki, ko‗p miqdorda 
to‗yinmagan uglevodorodlarni saqlagan ikkilamchi kelib chiqishli mahsulotlarni 
Termogidrokatalitik 
 
jarayonlar
 
Gidrotozalash 
 
Gidrokreking 
 
Benzinli, kero
 
-
sinli
,
dizelli 
 
vakuum distilyat
 
-
lar 
 
Ikkilamchi
 
gidrorirlangan
 
distillyatlar
 
Yengil 
 
O‗ta toza
 
Distilyat
 
lar
 
Neft 
 
qoldiqlari
 
Ne
 
ft 
 
qoldiqlari 
 
Distillyatlar
 
Neft
 
qoldiqlari 
 


328 
gidrogenlashda reaksiyaning issiqlik effekti (to‗yinmagan uglevodorodlarning 
reaksiyasi ekzotermik bo‗lib hisoblanadi) va katalizator qatlamida haroratning 
keskin o‗zgarishi oshadi. Yengil gidrokrekingni sifatida distillyatlar va neft 
qoldiqlarini qo‗llab o‗tkazish mumkin. Yengil gidrokrekingga dizel va 
vakuumli distillyatlarning gidrodeparafinlanishi-ni hamda yuqori parafinli xom 
ashyoning gidroizomerlanishini kiritish mumkin.
Chuqur gidrokrekingni distillyatli xom ashyo yoki neft qoldiqlarida 
o‗tkazish mumkin. Chuqur gidrokrekingni katalizatorning reaktoridagi holatiga 
qarab katalizatorning qo‗zg‗almas qatlamidagi, katalizatorning muallaq 
holatdagi qatlamida va xom ashyo bilan birga harakatlanayotgan katalizatordagi 
gidrokrekinglarga bo‗linadi.
Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash sanoatida gidrogenizatsiyalash 
jarayonlarni 
gidrotozalash, gidrokreking, gidrodealkillash, gidrogenlash va 
gidroizomerlash 
usullari keng qo‗llaniladi. Bu jarayonlarni qo‗llash orqali neft 
mahsulotlarini sifatini va ishlab chiqarish ko‗lamini oshirishga erishiladi. 
Gidrogenizatsiya jarayonlari neftni qayta ishlash sanoatida ikkinchi jahon 
urushidan so‗ng keng qo‗llanila boshlangan. Dastlab kataliktik riforming xom 
ashyosi benzin va dizel yoqilg‗isini gidrotozalash rivojlandi, keyinrok neft 
distillyatlarini gidrokrekinglash amalga oshirila boshlandi.
Oxirgi yillarda maxsus yoqilg‗i va moy komponentlarini olish imkonini 
beruvchi gidroizomerlash jarayonlarini qo‗llash muhim o‗rin kasb etmoqda. 
Shuningdek, neft ashyosi uchun xom ashyo olishda alkillash jarayonlari ham 
keng qo‗llanilmokda.
Katalitik riforming qurilmalari xom ashyosi uchun benzin fraksiyalari 
gidrotozalash va gidrooltingugurtsizlantirishdan o‗tkaziladi. Bunda oldindan 
qayta ishlovni o‗tkazilishi riforming jarayonidagi asosiy ko‗rsatkichlarni 
yaxshilaydi, asosan xom ashyoni aromatlilik darajasini, olinadigan benzin oktan 
sonini, katalizator xizmat muddatini uzaytiradi.
Kerosin va dizel fraksiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan 
standart meyorlariga ko‗rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik 


329 
barqaror, yonish xususiyatlari yaxshilangan tayyor distilliyatlar olishdir. Bir 
vaqtda yoqilg‗ini korroziyaga aktivligi pasaytiriladi va uning saqlash vaqtidagi 
har xil cho‗kindilar hosil bo‗lishi pasayadi.
Benzin fraksiyalarni gidrotozalashda asosiy mahsulot barqaror 
gidrogenizat hisoblanadi, uning chiqishi 90-99% (mass.) ni tashkil etadi. 
Gidrogenizatdagi oltingugurt miqdori 0,002% (mass.) dan oshmaydi.
Kerosin destilliyatlarini gidrotozalashda neftni to‗g‗ri haydashdan olingan 
130-240 
va 
140-230
0

fraksiyalar xom ashyo bo‗lib hisoblanadi.
Gidrotozalangan kerosin fraksiyasi jarayon asosiy mahsuloti bo‗lib, uning 
chiqishi 96-97% (mass.) ga etishi mumkin. Bundan tashqari, oz miqdorda past 
oktanli benzin fraksiyasi, uglevodorod gazlari va vodorod sulfid ham olinadi.
Benzin, kerosin va gazoyl fraksiyalarini gidrotozalashda boradigan 
kimyoviy reaksiyalar. 
Sanoatda 
neft 
fraksiyalarini 
gidrotozalash 
jarayonlari 
odatda
alyumokobal‘tmolibdenli, alyumonikelmolibdenli va boshqa katalizatorlarda 
350 - 400
0
C haroratda, 30 - 50 atm bosim va vodorodni xom ashyoga ko‗ra 
molyar nisbati 5׃1 dan 10׃1 gacha bo‗lgan sharoitda o‗tkaziladi.
Oltingugurt neft va neftni qayta ishlash mahsulotlarida elementar 
oltingugurt, vodorod sulfid, merkaptanlar, alifatik va aromatik sul‘fidlar, siklik 
sul‘fidlar va tiofenlar ko‗rinishidà saqlanadi. Disulfidlar asosan odatda 
merkaptanlarni oksidlanishi natijasida hosil bo‗ladi. Elementar oltingugurt ham 
asosan vodorod sulfidni oksidlanish mahsuloti hisoblanadi. Katalitik 
gidrotozalash jarayonlarida boruvchi oltingugurt birikmalari gidrogenoliz 
reaksiyalari quyida keltirilgan.
Merkaptanlar: 
R
-
SH
+
H


RH
+
H
2
S
Disul‘fidlar: 
R
-
S
-
S
-
R
+3
H

→2
RH
+2
H
2
S
Sul‘fidlar:
R
-
S
-
R
+2
H


RH
-
RH
+
H
2
S
Tiofenlar:
Tiofanlar:
Oltingugurt birikmalari gidrogenoliz reaksiyalari uglerod - олтингугурт 


330 
bog‗ini uzilishi va erkin valentli vodorodga to‗yinishi bilan tavsiflanadi.
Oltingugurt birikmalari gidrotozalash bilan bir qatorda ma‘lum miqdorda 
olefinli - uglevodorodlar, azotli va kislorod saqlovchi birikmalarni vodorodga 
to‗yinishi, shuningdek metaloorganik birikmalarni birikmalari tuzilishi sodir 
bo‗ladi.
Vodorod bosimi ostida oltingugurt, birikmalarini katalitik gidratlash 
ustida Moldaviyada o‗tkazgan tadqiqotlar 230
0
C harorat va 30 atm bosimda 
katalizator (oltingugurtli molibden) ishtiroki sharoitidagi gidrirlashda turli 
tuzilishdagi merkaptanlarni o‗zgarish darajasi bir xil bo‗lmasligini ko‗rsatdi. 
Sul‘fidlar bog‗i merkaptanlarga ko‗ra qiyinroq buziladi. Oltingugurt birikmalari 
mustahkamligi quyidagi tartibda olib boriladi: merkaptan < disulfid < sul‘fid < 
tiofen. Oltingugurt birikmalari molekulyar og‗irliklari oshishi bilaí 
oltingugurtsizlantirish gidrogenoliz tezligi pasayadi. Shunga ko‗ra, ligroin 
distillyatlarini oltingugurtsizlantirishda gidrirlashni og‗ir distillyatlarni 
tozalashga nisbatan biroz yumshoq rejimdà o‗tkazish ta‘qiqlanadi.
Oltingugurt organik birikmalari gidrogenoliz reaksiyalarini Obolensev va 
Mashinlar davom ettirdilar. Oltingugurt birikmalarini gidrirlanishi bilan bir 
vaqtda oltingugurtsizlantirish gidrogenoliz sharoitida parafin va naftenli 
uglevodorodlar izomerizatsiyasi ham kechadi. Bu reaksiya katalizator 
xususiyatiga bog‗liqdir. Gidrotozalash jarayonida ma‘lum darajada metall 
organik birikmalarni buzilishi sodir bo‗ladi. Jarayonda metallar katalizatorda 
o‗tirib qoladi. Shuning uchun ma‘lum vaqtdan so‗ng katalizator faolligi 
pasayadi.
Gidrotozalash jarayoni alyumin-kobal‘t-molibdenli (Al–Co–Мо) yoki 
alyumiy-nikel-molibdenli (Аl–Ni–Мо) katalizatorlarda turli sharoitlarda 
o‗tkaziladi. Jarayonni o‗tkazish sharoitlari quyida jadvalda keltirilgan:


331 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   166   167   168   169   170   171   172   173   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin