333
reaksiya bilan bir qatorda to‗yinmagan birikmalarni to‗yinishi, qisman
uglevodorod molekulalarini parchalanishi kabi reaksiyalar sodir bo‗ladi.
Gidrotozalash 350-400
о
С va 3-5 MPa bosimda olib boriladi.
Kerosin va dizel yoqilg‗isi fraksiyalarini gidrotozalash qilib aromatik
uglevodorodlarni to‗yintirish lozim bo‗lganda, bu jarayon 10-15 MPa bosimda
olib boriladi.
Neft qayta ishlagandagi qoldiq mazutni bug‗ qozonlari uchun yoqilg‗i
sifatida ishlatish uchun katalizator yordamida gidro-oltingugurtsizlantirish
amalga oshiriladi. Bu qoldiq fraksiyada oltingugurtli, azotli va metallorganik
birikmalar, smolalarning miqdori ko‗p bo‗ladi. Shuning uchun katalizatorlarni
ishlash jarayoni murakkablashadi, ularning sirtiga birikmalar o‗tirib,
katalizatorlarni ishlash samaradorligini pasaytiradi. Mazutda oltingugurtning
miqdori 1% mass.dan oshmasligi shart.
Termik va katalitik kreking jarayonlarida reaksiya zonasiga tashqaridan
vodorod berilmaydi.
Gidrokreking jarayonida esa tashqaridan vodorod berilgani uchun yengil
va o‗rta fraksiyalar ko‗p hosil bo‗ladi.
Gidrogenizatsiyalash jarayonlarni rivojlanishiga quyidagilar o‗z hissasini
qo‗shadi:
1) Katalitik riforming qurilmalarida ko‗p miqdorda vodorod olinishi.
2) Yuqori samaradorli katalizatorlarning ixtiro qilinishi.
3)Gidrokreking qurilmalarida faqat benzin emas, o‗rta va og‗ir fraksiyalar
ham olinishi mumkin.
Gidrogenizatsiyalash jarayonlarda neft mahsulotlarini oltingugurtli va
azotli birikmalardan tozaligini biroz bo‗lsa ham saqlashga imkoniyat hosil
qiladi.
Dostları ilə paylaş: