8.3-jadval
Gidrotozalash jarayoni alyumin-kobal‘t-molibdenli {Аl-Со-Мо) yoki
alyumin-nikel‘-molibdenli (AI-Ni-Mo) katalizatorlarni qo‗llash shartlari
keltirilgan:
Ko‗rsatgichlari
Benzinli
fraksii
Kerosinli
fraksii
Dizel
yoqilg‗isi
distillyati
Katalizator
Harorat, °C
Bosim, MPa
Xomashyoni uzatishni hajmiy tezligi,soat-
1
Vodorod tarkibli gazni yaxlit
sirkulyatsiyasi , m
3
/m
3
xomashyosi
AI-Ni-Mo
AI-Ni-Mo
380-420
2,5-5,0
1-5
100-600
AI-Ni-Mo
AI-Ni-Mo*
350-360
7,0
5-10
300-400
AI-Ni-Mo
AI-Ni-Mo
350-410
3,0-4,0
4-6
300-400
* Seolit tarkibli
Gidrotozalash sanoat qurilmasini texnologik sxemasi ajratish va
barqarorlashtirish seksiyalariga ko‗p tomondan o‗xshashligi mavjud va quvvati,
o‗lchamlari va texnologik jihozlanishi bo‗yicha farq qiladi. Sanoat aralash
qurilmalarining tarkibiga: LK-6u ni aralash qurilmasida dizel distillyatlarini va
reaktiv yoqilg‗ini gidrooltingugurtsizlashtirish seksiyalari mavjud.
357
Xulosa
Gidrogenizatsiyalash
jarayonlarida
vodorodning
roli
benzinning
riformingi va yengil uglevodorodlarning izomerlanishi bilan solishtirganda bu
jarayonlarning muhim farq qiluvchi xossasi bo‗lib hisoblanadi. Agar riforming
va izomerlanish holida vodorodning roli katalizatorda koks hosil bo‗lishini
kamaytirish bo‗lsa, gidrogenizatsiyalash jarayonlarida esa vodorod to‗yinmagan,
naften, aromatik hamda geteroatomli birikmalarning asosiy gidrogenlash
reaksiyalarida ishtirok etadi. Hozirgi vaqtda neftni qayta ishlash sanoatida
gidrogenizatsiyalash jarayonlarni
gidrotozalash, gidrokreking, gidrodealkillash,
gidrogenlash va gidroizomerlash
usullari keng qo‗llaniladi. Bu jarayonlarni
qo‗llash orqali neft mahsulotlarini sifatini va ishlab chiqarish ko‗lamini
oshirishga erishiladi. Gidrogenizatsiya jarayonlari neftni qayta ishlash sanoatida
ikkinchi jahon urushidan so‗ng keng qo‗llanila boshlangan. Kerosin va dizel
fraksiyalarini gidrotozalashdan maqsad talab etilgan standart meyorlariga
ko‗rsatilgan miqdorgacha oltingugurt miqdorini va termik barqaror, yonish
xususiyatlari yaxshilangan tayyor distilliyatlar olishdir. Bir vaqtda yoqilg‗ini
korroziyaga aktivligi pasaytiriladi va uning saqlash vaqtidagi har xil
cho‗kindilar hosil bo‗lishi pasayadi. Oxirgi vaqtda umumiy balansda tarkibida
oltingugurt va azot birikmalari ko‗p bo‗lgan neftlarni qazib olinishning
ko‗payishi va shuning bilan birga, neftdan olinayotgan mahsulotlarni sifatiga
qattiq talab qo‗yilishi munosabati bilan va havo flotida reaktiv texnikasining
joriy qilinishi gidrotozalash jarayonining rivojlantirishni taqozo qiladi. Benzin
va dizel yoqilg‗ilarining gidrotozalash jarayonida xomashyo oltingugurtli, azotli
birikmalar bilan birga kislorod, og‗ir metall birikmalari, smolasimon
birikmalardan tozalanadi. To‗yinmagan birikmalar ham to‗yinadi. Birinchi
navbatda to‗yinmagan bog‗lari ko‗p bo‗lgan birikmalar, keyin esa bitta
qo‗shbog‗lilar to‗yinadi. Shu bilan birga katalizatorlarni ta‘sirida qisman
gidrokreking sodir bo‗ladi. Neft xom ashyosining oltingugurt, azot-kislorod
saqlagan birikmalar, olefin va metallardan tozalash zarurligi neftni qayta
ishlashda turli tozalash jarayonlarini yaratishni belgiladi. Vodorod va katalizator
358
ishtirokida yuqori harorat va bosimda boradigan jarayonlar eng samarali bo‗lib
hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: |