344
Ba‘zi sanoat katalizatorlarining sifat ko‗rsatgichlari 10-jadvalda
keltirilgan. Ularning ko‗pchiligi yuqori mustahkamlik xossalariga ega bo‗lgan
mayda granulalar holida ishlab chiqariladi.
АКМ-alyumokobal‘tmolibdenli
katalizator;
АНMS-alyumonikel‘
molibdenli katalizator kremniy oksidi qo‗shimchasi bilan; GО-70; ТНК-2000 –
AKM katalizatorlari, benzin va kerosinni gidrotozalash jarayonlarida o‗zlarini
yaxshi ko‗rsatgan. GKD va AGKD- katalizatorlari o‗zlarini dizel yoqilg‗isini
gidrotozalash jarayonlarida yaxshi ko‗rsatgan.
8.2–jadvalning ma‘lumotlaridan shunday xulosa qilish mumkinki, faol
komponentlar bu birinchi har qaysi katalizatorda mavjud bo‗lgan molibden
oksididir. Uning miqdori 11 dan 16% (mas) gacha o‗zgaradi. Ikkinchi faol
komponent bo‗lib kobal‘t yoki nikel‘ oksidi hisoblanadi. Odatda bir
katalizatorda ular birgalikda mavjud bo‗lmaydi. Ularning miqdori 4-4,5% (mas)
ni tashkil qiladi, ya‘ni molibden-oksididan taxminan 3 marta kam, qolgani esa
alyuminiy oksidi – 80% (mas) dan ko‗p. Bir qator katalizatorlarda kislotali
funksiyasini kuchaytirish uchun seolit qo‗shimchasi mavjud bo‗lishi mumkin.
Hozirgi vaqtda oddiy AKM va ANM lar sanoatda qo‗llanilmaydi, bulardan
samaraliroq bo‗lgan analoglar bilan almashtiriladi.
Dostları ilə paylaş: