8.4. Jarayonning asosiy ko‗rsatkichlari
Jarayonning asosiy ko‗rsatkichlari kelayotgan xomashyoga bog‗liq.
Riformingga beriladigan benzin tarkibidagi oltingugurtni platina katalizatoriga
berishdan ilgari 0,003% masgacha tozalash zarur, agar uning tarkibida platina-
reniy katalizotori bo‗lganda oltingugurtni 0,001% mass.gacha tozalash zarur.
Kerosinning tarkibidagi merkaptanni 0,005% mass. dizel yoqilg‗isining
tarkibidagi oltingugurtni esa 0,2% mass.gacha tozalash kerak. Shu talablarga
muvofiq gidrotozalash jarayoninining asosiy ko‗rsatkichlari belgilanadi.
Gidrotozalash jarayonining boshqariladigan ko‗rsatkichlariga harorat,
hajmiy tezlik, bosim va 1 m
3
xomashyo hisobidan beriladigan gazning miqdori
kabilar kiradi.
Harorat 330
o
C dan past bo‗lganda, xomashyoning hajmiy tezligi 4-5 s-1
dan yuqori bo‗lganda olingan mahsulotlarning sifati past bo‗ladi. Ҳарорат
420
о
С dan ko‗tarilganda kreking reaksiyasi kuchayadi, katalizatorning yuzasiga
koks o‗tirishi oshadi.
Sifati past xomashyo tozalanyotganda berilayotgan gazga nisbatan
xomashyoning nisbatini 700 nm
3
/m
3
gacha ko‗tarish lozim bo‗ladi. Agar
berilayotgan gazning tarkibida vodorod kamroq bo‗lganda xom gazning
nisbatini ko‗paytirish kerak bo‗ladi. Odatda berilayotgan gazning tarkibida
vodorodning hajmi 60 dan 90% ob.gacha bo‗ladi.
Shuni ham ta‘kidlash kerakki, agarda kerosin va dizel yoqilg‗isi
tozalayotganda ularning tarkibidagi oltingugurtni 0,05 va 0,2% mass.dagacha
kamaytirsak, u vaqtda yoqilg‗ilarni oksidlanishga qarshi turg‗unligi pasaytirib
yuborilgan bo‗ladi. Demak gidrotozalash ham ma‘lum meyorgacha olib boriladi.
Kreking va piroliz qurilmalaridan olingan fraksiyalarni albatta AVT dan
olingan fraksiyalar bilan birga qo‗shib gidrotozalashga beriladi, aks holda
ikkilamchi fraksiyalarni tarkibida to‗yinmagan birikmalar ko‗p bo‗lganligi
sababli, katalizatorlarning yuzasida ko‗p miqdorda koks hosil bo‗ladi,
katalizatorlarning ishlash davri kamayadi.
336
Gidrotozalash qurilmalariga yangi katalizatorlar solinganda jarayon 330
0
С
dan boshlanadi. Vaqt o‗tishi bilan katalizatorlarning yuzasiga asta-sekin koks
o‗tira boshlaydi. Shuning hisobiga, katalizatorlarni ish mezoni pasayadi.
Mahsulotda oltingugurtning miqdori ko‗payib boradi. Mahsulot sifatini bir xilda
bo‗lishining ta‘minlash uchun harorat 380-400
0
С gacha ko‗tariladi. So‗ngra
jarayon to‗xtatiladi va katalizator regeneratsiya qilinadi. Gidrotozalash
jarayonida haroratni 400
0
С dan yuqoriga ko‗tarilmaydi, sababi, parchalanish
reaksiyalari kuchayib ketadi. Katalizatorni yuzasidagi koks yondirilgandan
keyin jarayon yana odatdagidek 330
0
dan boshlab ishlay boshlaydi. Katalizatorni
ishlash davri dizel yoqilg‗isini tozalash vaqtida 1 yilni tashkil etadi. Katalizator
2-3 yil ishlaydi, so‗ngra faol komponentlarini ajratib olish uchun maxsus
korxonalarga yuboriladi. O‗rniga yangi katalizator solinadi.
Vakuum gazoylni gidrokrekingga berishdan ilgari gidrotozalash qilinadi,
bunda vakuum gazoylning sifati yaxshilanadi, gidrokreking jarayonining
samaradorligi oshadi.
Piroliz jarayonida olinadigan benzinlarni tarkibida asosan, aromatik
birikmalar va to‗yinmagan uglevodorodlar mavjud. Agar bu xildagi benzin
yoqilg‗i sifatida ishlatiladigan bo‗lganda u sul‘fidlangan platina katalizatori
ishtirokida oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi, ko‗p qo‗shbog‗li
birikmalar bir qo‗shbog‗li birikmalargacha to‗yinadi. Keyin esa birlamchi
olingan benzinlar bilan birga qo‗shilib yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. Agar undan
aromatik uglevodorodlar olish uchun foydalanadigan bo‗lganda, benzin yana bir
bor tozalanadi va to‗yinmagan birikmalar bilan to‗yintiriladi, keyin esa,
benzindan aromatik uglevodorodlar ajratib olinadi.
Reaktiv yoqilg‗ilarni olish uchun kerosin fraksiyasini, xomashyoni
sifatiga qarab, ikki usulda gidrotozalash amalga oshiriladi. Birinchisida, yengil
usulda - oltingugurtli va azotli birikmalardan tozalanadi. Bunda asosan
merkaptanlardan tozalashga e‘tibor beriladi. Agar kerosin fraksiyasida aromatik
birikmalarning miqdori 12-14% mass.dan ko‗p bo‗lsa, u vaqtda, gidrotozalashni
ikkinchi usulda - qattiqroq rejimda: yuqori bosimda (5-MPa)da olib boriladi.
337
Bunda qisman aromatik birikmalar naftenlarga aylanadi, shu bilan bir vaqtda
oltingugurtli, azotli va kislorodli birikmalar ham kamayadi, kerosinning sifati
yaxshilanadi.
Neft qoldiqlarini gidro-oltingugurtsizlashtirish.
Neftning qoldig‗ida ko‗p
miqdorda oltingugurtli, azotli, kislorodli birikmalar, asfaltenlar, og‗ir
metallorganik birikmalar mavjuddir. Bu qoldiqlardan yoqilg‗i olish uchun, uni
gidro-oltingugurtsizlashtirish
usuli bilan sifati yaxshilanadi.
Bu qoldiqlarni to‗g‗ridan-to‗g‗ri
gidro-oltingugurtsizlashtirish
bilan birga,
boshka usullar bilan, ularni sifati yaxshilanadi. Masalan, qoldiq past bosimda
haydaladi va olingan vakuum gazoyl gidrotozalash qilinadi, so‗ngra uning
qolgan qismi bilan aralashtirib yoqilg‗i sifatida ishlatiladi.
Yana bir usul
: og‗ir qoldiqni kokslash qurilmalariga berib undan olingan
gazoyl
gidro-oltingugurtsizlashtirilib
yoqilg‗i sifatida ishlatiladi. Og‗ir qoldiq
tarkibidagi asfaltenlar ajratib olinadi, keyin u
gidro- oltingugurtsizlantiriladi va
so‗ngra ishlatiladi.
Oltingugurtsizlantirish
jarayonida metall tuzlari katalizatorning yuzasiga
o‗tiradi, regeneratsiya vaqtida metall oksidiga aylanib katalizatorning yuzasida
qoladi va uni faol markazlarini berkitadi va katalizatorning ishlash qobiliyatini
yo‗qotadi. Shu sababli, ba‘zi olimlar og‗ir qoldiqni birinchi navbatda, metall
birikmalaridan tozalab so‗ngra
gidro-oltingugurtsizlantirishga
berish lozim deb
hisoblaydilar.
Og‗ir qoldiqlarni
gidro-oltingugurtsizlantirish
jarayoni uchun BashNIINP
maxsus katalizator ixtiro qilingan. Bu katalizatorni tayyorlash uchun avvalo
katalizator tashuvchi suv bug‗i bilan ishlanadi, natijada tashuvchining g‗ovaklari
kengayadi va ularning diametri taxminan 15 nm dan yuqori bo‗ladi, so‗ngra
unga faol komponentlar shimdiriladi. Bu xildagi katalizatorni qo‗zg‗almas
sharoitda ishlatish mumkin. Shunday bo‗lishiga qaramay bu katalizatorlarning
ishlash davri bir yildan kamdir.
Bu xildagi xomashyoni mavhum qaynash qatlami sharoitida
gidro-
oltingugurtsizlantirish amalga oshiriladi.
338
Gidrotozalash va gidro-oltingugurtsizlantirish katalizatorlarining
regeneratsiyasi
ikki xil usulda olib boriladi. Katalizatorlar ishlash jarayonida
ularning yuzasiga kokssimon moddalar: oltingugurtli; azotli; birikmalar, smola
va metall birikmalari o‗tiradi va uning ishlash qobiliyatini vaqtincha pasaytiradi.
Katalizatorning ishlash qobiliyatini qayta tiklash uchun regeneratsiya qilinadi.
Katalizatorni ishlash davri ko‗p omillarga va asosan ishlanadigan xomashyoning
sifatiga bog‗liqdir. Odatda, o‗tirgan koksning miqdori 7-10% mass.ni tashkil
etadi.
Birinchi usulda katalizator
zonasigа 450
0
С gacha isitilgan inert gazi –
azotga, oz miqdorda havo qo‗shib beriladi. Birinchi davrda kislorodning miqdori
0,5% va oxirgi davrda 2% gacha yetkazish mumkin. Regeneratsiya vaqtida
bosim 4-5MPa, eng yuqori harorat 550
0
С ga teng. Regeneratsiya 100-120 soat
davom etadi.
Ikkinchi usulda
reaktorga suv bug‗i va havo beriladi. Bu jarayon
atmosfera bosimida olib boriladi. 1 m
3
katalizatorni regeneratsiya qilish uchun
350-900 m
3
suv bug‗i sarflanadi.
Dostları ilə paylaş: |