Kolonna 5 Kolonna 8 Kolonna 9 Kolonna 16 Harorat,
o
C
evaporator
yuqoida
pastda
Bosim, MPa
55
82
100
0,6
90
77
110
0,5
84
74
110
0,3
84
68
104
0,15
Neft va gaz uglevodorodlarining termokatalitik o‗zgarishlari Oltingugurtli, yuqori oltingugurtli va yuqori parafinli neftlarni qayta
ishlash uzluksiz ortib borayotgan sharoitda neft mahsulotlarini ishlab chiqarish
hajmi, ularning turlarini ko‗payishi va sifatining yaxshilanishi ikkilamchi va
ayniqsa katalitik jarayonlarning tezroq rivojlanishini talab qiladi. Hozirgi
vaqtda MDHda va Respublikamizda katalizatorlar yordamida neftni qayta
ishlash natijasida kimyoviy sanoat mahsulotlarining taxminan 75% ishlab
chiqariladi. Yangi kimyoviy jarayonlardan 90% dan ortig‗i katalizatorlarni
ishlatishga asoslangan. Neftni qayta ishlashda yoqilg‗ilarni olish uchun
quyidagi
katalitik
jarayonlar:
katalitik kreking, katalitik riforming, gidrotozalash, alkillash, izomerlanish va gidrokrekinglar keng qo‗llaniladi.
Gidrotozalash va gidrokrekingning katalitik jarayonlari yuqori sifatli neft
moylari va parafinlarni ishlab chiqarishda qo‗llaniladi.
Kataliz va katalizatorlar to‗g‗risida umumiy ma‘lumotlar Katalizatorlarning reaksiyaga kirishuvchi moddalar bilan o‗zaro ta‘siri
tavsifiga qarab va oraliq mahsulotlarning turiga qarab reaksiyalar va tegishli
ravishda katalizatorlar oksidlovchi – qaytaruvchi va kislotali – asosli bo‗ladi.
Ko‗pgina sanoat katalizatorlari bifunksional bo‗ladi, chunki oksidlovchi–
qaytaruvchi katalizatorlar kislotali tashuvchining ustini qoplaydi. Boshqa
307
tomondan, ko‗pgina sul‘fidlar va oksidlarning o‗zlari oksidlovchi –qaytaruvchi
va kislotali – asosli faollikka ega.
Neftni qayta ishlash sanoatida faol yuzali qattiq jismning geterogen katalizi
keng tarqalgan.