309
xemosorbsiyalangan birikmalar ko‗p jihatdan kompleks birikmalarga o‗xshaydi.
Hozirgi vaqtda bu taxminga asoslanib xemosorbsiyalangan molekulalarning
yuqori reaksion qobiliyatini megandlar maydoni nazariyasi yordamida
tushuntirishga hamda organik molekulalarning katalizator
bilan hosil qilgan
bog‗ π – bog‗lar deb talqin qilishga urunishlar mavjud.
Taqsimlanmagan elektron juftiga ega bo‗lgan molekulaning katalizator
bilan oraliq birikmani hosil qilishi molekuladan metallning tugallanmagan
orbitaliga zaryadni o‗tkazish yo‗li bilan, ya‘ni zaryadni o‗tkazish
majmuasini
hosil qilish bilan amalga oshishi mumkin. Bu turdagi birikmalarni molekulyarli
donor-akseptor birikmalar deb qarash mumkin. Zaryadni o‗tkazish bilan bog‗liq
bo‗lgan komplekslardagi vujudga keladigan bog‗lanish qutbli xarakterga ega.
Yarim o‗tkazgichlar (oksidlar, nikel‘, molibden, vol‘fram va ba‘zi bir
boshqa oraliq d – metallarning sul‘fidlari) holida erkin valentliklar (erkin
elektronlar va elektron tuynuklar) kristall panjara yuzasida atomlarning to‗liq
koordinatsiyalanmaganligi tufayli hamda yarim o‗tkazgichlardagi kristallarda
turli kamchiliklar borligi natijasida vujudga keladi.
Masalan, kation mavjud bo‗lmagan kristall tuguni o‗zini manfiy zaryadli
tutib, elektronlarni yaqin turgan tugunlarga itarib turadi.
Buning natijasida
elektronlar valent sohadan o‗tkazuvchanlik sohasiga siqib chiqarilishi mumkin.
O‗tkazuvchanlik sohasida elektron (yoki tuynuk)larning paydo bo‗lishi
kristallarda elektrodonor (yoki elektroakseptor) xossalariga ega bo‗lgan
qo‗shimchalarning borligi hamda stexiometrik tarkibning buzilishi sabab bo‗la
oladi. Kristall yuzasida o‗tkazuvchanlik elektronlari (yoki tuynuklari) erkin
valentliklar yoki faol markazlar rolini bajaradi.
Uglevodorod molekulalarining yuzasidagi erkin elektronlar (tuynuk)lar
o‗zaro ta‘siri natijasida molekula dissotsiyalanishga duchor bo‗ladi:
O‗zaro ta‘sirlashishi natijasida molekulaning bir qismi katalizator bilan
barqaror ikki elektronli bog‗ orqali, ikkinchisi esa kuchsiz bir elektronli bog‗
orqali bog‗lanadi. Elektron almashinishning uzluksiz sodir bo‗ladigan jarayonlar
tufayli bu bog‗lanishlar bir–biriga o‗tib turishi mumkin. Hosil bo‗ladigan yuza
310
birikmalarning kichik barqarorligi va yuqori reaksion qobiliyati ulardagi keyingi
o‗zgarishlarining yuqori tezlikda borishiga sabab bo‗ladi.
Har qaysi molekula berilgan faol markaz bilan turli xil yo‗llar bilan
ta‘sirlashishi mumkin. Balladin nazariyasida ta‘kidlangandek, bitta elementar
katalitik aktda ikkita, uchta va undan ortiq markazlardan (dupletlar,
mul‘tipletlar) tarkib topgan guruhlar qatnashishi mumkin.
Shunday qilib,
katalitik faollik katalizator yuzasidagi erkin valentliklar soni bilan to‗g‗ridan–
to‗g‗ri bog‗liq.
Oksidlanish – qaytarilish katalizatorlarini riforming, gidro-tozalash va
gidrokreking
jarayonlarida
gidrogenlash–degidrogenlash
reaksiyalarining
tezligini oshirish uchun ishlatadilar.
Dostları ilə paylaş: