276
[3, 4].
Oltingugurtli xomashyo qo‗llanilganda uni gidrotozalash amalga
oshiriladi. Zamonaviy zavodlarda katalitik kreking qurilmasi gidrotozalash bloki
bilan birgalikda o‗rnatiladi qaysiki, oltingugurt birikmalari vodorod sul‘fid
ko‗rinishida chiqariladi hamda umumiy xomashyoni azot va kislorod
birikmalaridan tozalash sodir bo‗ladi. Xom*-ashyoda oltingugurt miqdori
gidrotozalashdan keyin 0,1 - 0,3% (massasiga nisbatan) gacha pasayadi.
Kreking qurilmalarida yuqori faolli seolit tarkibli katalizatorlar keng
qo‗llaniladi ya‘ni 10 dan 25% gacha (massasiga nisbatan) amorf matritsaning
massasida kristall alyuminsilikatlar bo‗ladi. Buning natijasida benzinni chiqishi
katta qiymatga oshadi va oktan soni 82-84 (motor metodida) yoki 92-94
(tadqiqot metodida) ko‗tariladi hamda kontakt vaqtini kamaytiradi. Katalizator
aniq granulometrik tarkibga, yoyilgan yuzaga, yuqori g‗ovaklikka va mexanik
mustahkamlikka ega bo‗lishi kerak.
Dostları ilə paylaş: