9.4. Neftli moylarni gidrotozalash qurilmasi
Katalitik gidrotozalash asosan deparafinlangan rafinatlar buyoqlarini
jadalligini kamaytirishda hamda uni oksidlanishga barqarorligini yaxshilashda
ham qo‗llaniladi. Bir vaqtda gidrotozalash natijasida kokslanish va yog‗ning
kislotaligi, oltingugurtni tarkibi kamayadi.
371
Yog‗ning sovish harorati 1 - 2°С ga oshadi, qovushqoqlik indeksi-katta
bo‗lmagan birlikka (1-2 birlikka), yog‗ning qovushqoqligi juda kam o‗zgaradi.
Xomashyodan gidrotozalash yog‗ni chiqishi 97 - 99% (massasiga
nisbatan) erishadi. Qo‗shimcha mahsulotlar sifatida nisbatan katta bo‗lmagan
miqdorda gazni shamollatishga quvilishi va texnik vodorod sul‘fid. Reaksiyada
to‗g‗ridan-to‗g‗ri vodorodni qatnashishi hamda tozalangan mahsulotda erishi va
shamollatishda gazlar bilan birga chiqib ketishi, xomashyoda 0,2-0,4%
(massasiga nisbatan)ni tashkil qiladi. Katalitik riformingga qurilmadan kirib
keladigan texnik vodorodning (toz gazning) sarfi xomashyoda 0,6 do 1,4%
(massasiga nisbatan) yuqori, qaysiki bunday gazda ballast gazlari qatnashadi.
Gidrotozalash qurilmasining tarkibiga bir nechta seksiyalar kiradi:
qizdiruvchi va reaktor, ajratish-barqarorlashtirish va vodorod tarkibli gazni
vodorod sul‘fiddan tozalash seksiyasi. Deparafinlangan rafinatlarni
gidrotozalash qurilmasi uchun xomashyoni reaktor orqali bir marta o‗tkazish
tavsiflidir. Vodorod-tarkibli gaz Н
2
S dan tozalangandan keyin yana qaytadan
dastlabki xomashyo va tizimga to‗xtovsiz kiritiladigan yangi vodorod-tarkibli
gaz bilan birlashadi.
Yog‗ning qovushqoqligini pasayishidan va uning alangalanish haroratidan
qochish uchun yog‗li gidrogenizatdagi erigan gazlarni jiddiy chiqarib
yuborishga va quvishga (yog‗li suyuqlik fraksiyasiga nisbatan yengil) intiladi.
Sanoatda yog‗larni yuqori haroratda (210-240°С) gazlarni asosiy massasi
gidrogenizat yog‗laridan ajratish, quvishdan oldin gidrogenizatni qaytadan
qizdirishni amalga oshirmaslik qurilmasi keng qo‗llaniladi. Bu qurilmaning
texnologik sxemasi 9.4-rasmda keltirilgan [7, 81].
Haydaladigan xomashyo nasos (22) issiqlik almashtirgichdan (20) o‗tadi
va issiqlik almashtirgichdan (3) oldin oldindan issiqlik almashtirgichda (4)
qizdirilgan gazlar bilan aralashadi: yangi texnik vodorod va vodorod-tarkibli
sirkulyatsiya gazi bilan (kompressor 7 yordamida uzatiladi) aralashdi. Gaz-
xomashyo aralashmasi zmeyevik pechiga (1) kirib keladi va keyin gidrotozalash
jarayonnida amalga oshiriladigan katalizator bilan to‗ldirilgan reaktorga (2)
372
to‗planadi.
Dostları ilə paylaş: |