67
2...4 MPa bosimda molibden yoki platina oksidlarini qo‗llagan holda amalga
oshiriladi. Past oktantli benzindan yuqori oktanli benzin olish uchun riforming
jarayonidan o‗tkaziladi. Bundan tashqari riformingda aromatik uglevodorodlar –
benzol va toluol olinadi.
Gidrogenezatsiya deb
– tizimga vodorodni kiritib gazoylni, mazutlarni,
gudronlarni va boshqa mahsulotlarni qayta ishlashga aytiladi. Gidrogenezatsiya
jarayonida katalizatorlar qatnashib 260...430
о
С haroratda va 2...3,2 MPa bosim
ostida olib boriladi. Bunday sharoitda kiritilgan vodorod parchalangan uzun-
zanjirli molekulalar bilan birikadi, katta miqdordagi yengil uglevodorodlarni
hosil qiladi, shunga mos holda chiqishda koks miqdori kamayadi.
Shunday qilib, gidrogenizatsiya jarayonini qo‗llab neftni qayta ishlashni
yanada chuqurlashtirish tiniq (toza) neft mahsulotlarini chiqishini ko‗paytirishni
ta‘minlaydi.
Gidrogenizatsiya jarayoniga quyidagilar kiradi:
1) destruktiv gidrogenizatsiya;
2) gidrokreking;
3) destruktivsiz gidrogenizatsiya;
4) dealkillashtirish.
Bunday jarayon katta kapital xarajatlarni va ishlatishga sarflanadigan
xarajatlarni oshiradi, zavodning texnik iqtisodiy ko‗rsatkichlarini pasaytirib
yuboradi. Qo‗llaniladigan jarayonda xarajatlar qanchalik katta bo‗lsa, bosim
shunchalik yuqori, zichligi bo‗yicha og‗ir va fraksiya tarkibida oltingugurtli
bo‗lgan mahsulot qo‗llanilganda uning tarkibi shuncha oltingugurtli bo‗ladi.
Dostları ilə paylaş: