2.6- rasm. Neftni ikkilamchi qayta ishlash metodlarining klassifikatsiyasi
:
Neftni qayta ishlashga tayyorlash
Neftni qayta ishlashda qurilmalarni yuqori ish ko‗rsatgichlarini ta‘minlash
uchun uzatishdan oldin tarkibidagi tuzning miqdori 6 g/l va suvniki esa 0,2%
dan yuqori bo‗lmasligi kerak. Shuning uchun neft qayta ishlash jarayoniga kirib
kelgunga qadar qo‗shimcha holatda suvsizlantiriladi va tuzsizlantiriladi.
Tuzsizlantirishda elektrtuzsizlantirish qurilmasidan o‗tkaziladi. Neft ikki
oqim bilan nasoslar (1) yordamida isitgich (2) orqali haydaladi va u yerda qayta
ishlangan bug‗ yordamida qizdiriladi.
Undan keyin unga demulgator qo‗shiladi va neft tindirgichga (3) kirib
keladi va u yerda suvdan ajratiladi. Neftning tarkibidagi tuzlarni yuvishda
ishqorli suvlar qo‗shiladi. Uning asosiy qismi birinchi pog‗onadagi elektr
degidrotorlar yordamida ajratiladi. Neftni to‗liq suvsizlantirish ikkinchi
pog‗onadagi elektr degidrotor yordamida amalga oshiriladi.
Neftni birlamchi qayta ishlash
Neftni qayta ishlash uni haydashdan boshlanadi. Neft murakkab
aralashmali tuzilishga ega bo‗ladi va uning tarkibida o‗zaro erigan
uglevodorodlar mavjud bo‗lganligi uchun har xil qaynash haroratiga egadir.
65
Haydash davomida haroratni ko‗tarilishi hisobiga har xil qaynash oraliqlarida
neftdan uglevodorodlar ajralib chiqadi.
Belgilangan fraksiyalarni olishga rektifikatsiya deyiladi va bu jarayon
rektifikatsiya kolonnasida amalga oshiriladi. Rektifikatsiya kolonnasi tik silindr
apparatidan iborat bo‗ladi, balandligi 20..30 m va diametri 2..4m. Kolonnaning
ichki qismi gorizontal disklar bilan alohida ko‗p sonli bo‗linmalarga bo‗lingan
bo‗ladi, ularda teshiklar o‗rnatilgan va teshiklar orqali neft va suyuqlikning
bug‗lari chiqib ketadi.
Neftni rektifikatsiya kolonnasiga haydashdan oldin 350...360
0
Сgacha
trubkali pech yordamida qizdiriladi. Bunda yengil uglevorodlar, benzinli,
kerosinli va dizel fraksiyalari bug‗ holatiga o‗tadi, qaynash harorati 350
0
Сdan
yuqori bo‗lgan suyuqlik fazasi bu mazutdir.
Bunday aralashma rektifikatsiya kolonnasiga berilgandan keyin mazut
pastga oqadi, bug‗ holatidagi uglevorodlar esa yuqoriga ko‗tariladi. Bundan
tashqari kolonnaning pastki qismida 350
0
Сgacha qizdirilganda mazutning
tarkibidagi uglevodorodlarning bug‗lari ham yuqoriga ko‗tariladi.
Uglevodorodlar yuqoriga ko‗tarilgandan keyin asta sekin sovib uning
harorati 100...180
0
С gacha pasayadi. Bunda ma‘lum harorat atrof- muhitga
beriladi va sun‘iy ravishda bug‗lar suyuqlikka aylanadi.
Bug‗larni asta sekin sovishi natijasida neftda ma‘lum uglevodorodlar
kondensatsiyalanadi. Texnologik jarayon shunday hisoblanganki, kolonnaning
eng yuqori qismida benzin fraksiyasi, keyin - kerosin, pastda esa - dizel
yoqilg‗isinineg fraksiyasi kondensatsiyalanadi. Kondensatsiya bo‗lmagan
bug‗larni ajratish uchun gaz ajratishga yo‗naltiriladi, undan quruq gaz (metan,
etan), propan, butan va benzin fraksiyalari olinadi.
Neftni haydashda ko‗rsatilgan fraksiyalarni olish quvurchali qurilmalarda
atmosfera bosimida olib boriladi. Neftni chuqur qayta ishlashda atmosfera-
vakuumli quvurchali qurilmalardan foydalaniladi. Unda atmosferadan tashqari
vakuum baki bo‗ladi va mazutdan ajralib chiqqan yog‗li fraksiyalar
(distillyatlar), vakuumli gazoyl ajraladi va gudron qoldig‗i qoladi.
|