―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik


-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə36/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

2.2-rasm. Neftni barqarorlashtirish qurilmasining texnologik sxemasi: 
1-quvurli pech; 2, 13 - kolonnalar; 3,4,5,11,20 - nasoslar; 6,17-issiqlik almashtirgich; 7 - 
qizdirgich; 8,14 - sovutgich-kondensator; 9 - gaz-suv-ajratgich; 10,16 - reduksion klapanlar; 
12 - qaynatgich; 15-gazajratgich; 18 - sovutgich; 19 - havoli suvutgich apparati. 
 
Kolonnaning yuqori (13) qismidan gaz chiqib ketadi; og‗ir gazlar esa 
(propan, butanlar) suvli sovutgich-kondensatorda (14) kondensatsiyalanadi va 
gaz ajratgichda (15) kondensatsiya bo‗lmagan qismi ajratib olinadi. Bu 
kondensatsiya bo‗lmagan gaz gaz ajratgichning yuqori qismidan chiqadi va 
reduksion klapan (16) orqali o‗tadi hamda gaz-suv-ajratgichdan (9) chiqayotgan 
gaz bilan birikadi. Klapan (16) yordamida kolonnadagi (13) bosim 1,2 - 1,5 
MPa chegarasida ushlab turiladi. Gaz ajratgichning (15) pastki qismidan 
chiqariladigan suyultirilgan gaz nasos (20) yordamida qabul qilgichga 
yo‗naltiriladi (sxemada ko‗rsatilmagan). Gazning bir qismi kolonnaning yuqori 
qismidagi likopchani (13) sovuqlik bilan sug‗orish uchun qaytariladi va uning 
yordamida kolonnaning yuqori qismidagi harorat 40 - 50°С atrofida ushlab 
turiladi. Erigan gazlarni to‗liq ajratib olishga erishish uchun kolonnaning pastki 
qismidagi harorat 120 - 130°С chegarasidan oshirilmaydi. Bunday harorat 
qaynatgich (12) ning bug‗li fazosi orqali barqaror benzinning retsirkulyatsiyasini 


61 
ta‘minlaydi. Benzin qaynatgichda suv bug‗lari yordamida 160 - 180°С gacha 
(0,3 - 0,5 MPa bosim bilan) qizdiriladi. Qaynatgichda hosil bo‗lgan bug‗lar 
kolonnaga (13) kirib keladi, suyuqlik – barqaror benzin-to‗siq orqali apparatning 
(12) ichiga oqib o‗tadi va bosim ostida issiqlik almashtirgich (17) orqali 
sovutgichga (18) va keyin esa benzinni barqarorlashtirish rezervuariga 
yo‗naltiriladi (sxemada ko‗rsatilmagan). 
Yengil neftni barqarorlashtirish natijasida uning tarkibidagi metan, etan 
va propan 95% ga ajratib olinadi. Bunda to‗yingan neft bug‗larining bosimi 
40°С 
haroratda 0,85 dan 0,03 MPa gacha pasayadi, neftni tashish va saqlash 
jarayonlaridagi fraksiya tarkibini doimiy saqlashni kafolatlaydi. 

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   32   33   34   35   36   37   38   39   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin