63
2.5-rasm. Rektifikatsiya kolonnasining ichidagi likopchalar
Qaynoq suyuqlik va bug‗larni aralashmasi kolonna bo‗ylab
yuqoriga
ko‗tariladi va soviydi hamda sekin asta kondensatsiyalanadi. Neftning og‗ir va
qiyin suzadigan aralashmalari avval ajraladi va maxsus likopchaning tubiga
tushadi, undan yuqorisi esa ketma-ket kondensatsiyalanadi hamda eng yengil
fraksiyalarning bug‗i likopchaning tubiga cho‗kadi.
Rektifikatsiya jarayonining
xususiyati shundan iboratki qaynoq bug‗lar
navbatma-navbat yuqoriga ko‗tarilib qaynoq kondensat orqali o‗tadi.
Kolonnadagi likopchalarning soni shunday bo‗ladiki, haydash jarayonidagi
umumiy tayyor quyuluvchi mahsulotlarning sarfi xom kolonnaning ichiga
beriladigan neftning sarfiga teng bo‗ladi.
Kondensatsiyalanmagan uglevodorodlarning bug‗i
gazni fraksiyalashga
yo‗naltiriladi ya‘ni, u yerdan quruq gaz, propan, butan va benzin fraksiyalari
olinadi.
Neftni
birlamchi
haydash
jarayonida
fraksiyalarni
va
neft
mahsulotlarining
keng assortimenti olinadi, ular qaynash chegaralari bilan
hamda uglevodorod va kimyoviy tarkibi,
qovushqoqligi, alangalanish harorati,
qotishi va boshqa xossalari bilan farq qiladi.
Neftni haydash texnologiyasiga bog‗liq holda propan-butan fraksiyasi
suyultirilgan yoki gazsimon holatda olinadi. Ulardan
alohida uglevodorodlarni,
maishiy yoqilg‗ilarni, avtomobil benzini komponentlarini ishlab chiqarish
64
maqsadida gazni fraksiyalarga ajratadigan qurilmalarni homashyosi sifatida
foydalaniladi. Bu fraksiyalar standart yoki texnik
shartlarning talabiga javob
bersa, neft mahsulotlari bilan olinadi.
Dostları ilə paylaş: