―neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi‖. 1 qism 5321300 – ―neft va neft-gazni qayta ishlash texnologiyasi‖ bakalavr ta‘lim yo‗nalishi uchun darslik



Yüklə 15,32 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə33/312
tarix14.12.2023
ölçüsü15,32 Mb.
#178130
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   312
Neft va gazni qayta ishlash texnologiyasi 1-qism

 
2.1-jadval
Neftdan olinadigan asosiy fraksiyalar 
Qaynash harorati 
Fraktsiyalar 
32 
0
C (305K ) gacha 
Uglеvodorod gazlari (butan va nisbatan еngil gazlar) 
32-105
0
C (305-378К ) 
Bеnzin (gazolin) 
105- 180
0
S (378-453К) 
Nafta (og‘ir bеnzin, bеnzin-ligroin fraktsiyasi, ligroin) 


55 
180-230
0
C (453-503К) 
Kеrosin 
230-430
0
C (504-703К) 
Gazoyl 
430
0
C (703К) dan yuqori 
Qoldiq (mazut) 
Keyingi boblarda neftning alohida fraksiyalari tavsifiga batafsil e‘tibor 
beriladi. Shuni qayd etish kerakki, neft turlari tarkibi bo‗yicha bir-biridan keskin 
farq qiladi. Neft tarkibida, odatda, benzin, nafta va kerosin, og‗ir neft tarkibida 
esa gazoyl va mazut ko‗p bo‗ladi. Siz balki, og‗irlik va qaynash harorati o‗zaro 
bog‗liq, degan xulosaga kelgandirsiz. Darhaqiqat shunday ham, ya‘ni birikma 
molekulalari qancha og‗ir bo‗lsa, uning qaynash harorati shunchalik yuqori 
bo‗ladi. Yoki, aksincha, fraksiyalarning qaynash chegarasi qancha yuqori bo‗lsa, 
fraksiya shunchalik og‗ir, ya‘ni yuqori molekulali kimyoviy moddalar miqdori 
ko‗p bo‗ladi. 
Neft fraksiyalarining muhim fizik xossalariga ma‘lum bosimda qaynash, 
qotish, suyuqlanish harorati, zichligi, qovushqoqligi (ayniqsa, yuqori molekulali 
uglevodorodlar uchun), infraqizil nurlarini yutishi, nur sindirish ko‗rsatgichi 
kiradi. 
Neftni uglevodorod qismlariga (fraksiyalarga) ajratish oddiy va murakkab 
haydash bilan amalga oshiriladi. Moy (yoki yog‗lash) moddalarini olish uchun 
xom ashyo vakuum ostida haydaladi. Benzin tarkibidagi erigan gazlarni chiqarib 
yuborish va benzinning bir necha xillarini olish uchun rektifikatsiyalash 
usulidan foydalaniladi. Qaynash haroratlari bir-biriga yaqin bo‗lgan va bir-biri 
bilan azeotrop aralashma (masalan, benzol-siklogeksan, metilsiklopentan) hosil 
qiluvchi uglevodorodlarni ajratish ekstraksiyalash, absorbsiyalash va azeotrop 
rektifikatsiyalash usullari bilan amalga oshiriladi. 
Aralashmani haydash vaqtida komponentlarning uchuvchanligi (bug‗ 
bosimi) orasidagi farq qancha katta bo‗lsa, ularni ajratish shuncha oson. Bu 
ajratish koeffitsiyenti A bilan xarakterlanadi, ya‘ni: 


56 
Oddiy hollarda A sistema tarkibiga bog‗liq bo‗lmaydi: 
Neftdan olinadigan tiniq mahsulotlar (benzin, kerosin, dizel yoqilg‗isi) 
atmosfera bosimida ishlovchi (AT) qurilmalarida haydash usuli bilan olinadi. 
Vakuum ostida (AVT qurilmasida) yuqori molekulali moddalar haydaladi. 
Hozirgi kunda atmosfera-vakuum qurilmalari tuzlardan tozalash, suvsizlantirish 
va barqarorlantirish qurilmalari bilan tutashtirilgan holda birga ishlatilmoqda. 
Atmosferali va vakuum ostida haydash qurilmalarida haydash natijasida 
quyidagi mahsulotlar olinadi: 
Siqilgan uglevodorod gazi. U asosan propan va butandan iborat. Bu 
gazning qanchalik ko‗p yoki kam bo‗lishi neftni barqarorlashtirish darajasiga 
bog‗liq. Gazlar oltingugurtdan tozalanganidan so‗ng xo‗jalik yoqilg‗isi sifatida 
ishlatiladi.

Yüklə 15,32 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   312




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin