2.14-rasm. Murakkab rektifikatsiya kolonnasiga sug‗orishni uzatish variantlari:
1-rektifikatsiya kolonasi; 2,8,10,13,14-nasoslar; 3-issiqlik almashtirgich; 4,6-suvli
sovutgich; 5-havoli kondensator-sovutgich; 7-sug‗orishni qabul qilgich-suv ajratgich;
9,11,12-bug‗lantiruvchi chiqaruvchi kolonnalar.
ETQsidan chiqqan neft o‗zaro parallel qo‗shilgan issiqlik
almashtirgichlarning (15 va 16) boshlanishida qizdiriladi va undan keyin issiqlik
almashtirgichda (18) qizdiriladi.
Neft
200 - 250°С gacha qizdiriladi va benzinsizlashtirish kolonnasiga (19)
103
tangensial‘ yo‗nalishda kiritiladi. Bu kolonnadan yuqoriga gaz, suv bug‗lari va
yengil benzin fraksiyalari (eng oxirida 120—160°С) chiqib ketadi. Bug‗larni
kondensatsiyalash va aralashmani sovutish uchun havoli sovutish apparati (20)
va uning tagida joylashgan sovutgich (21) xizmat qiladi. Ajratgichda (22)
kondensatsiyalangan yengil benzin fraksiyasida gaz va suv ajratib olinadi.
Gaz klapandan, kolonna tizimidagi bosim rostlagichdan (19)-ajratgichdan
(22) o‗tgandan keyin oltingugurtdan tozalash seksiyasiga yo‗naltiriladi, fazolar
oralig‗i sathini ta‘minlagich bilan jihozlangan suv ajratgichning (22) pastki
qismidan to‗kiladi va oqova suvni tozalash tizimiga to‗planadi (2.15-rasm).
Benzinning sirkulyatsiya qismi (sug‗orish uchun) nasos (25) yordamida
kolonnaga qaytariladi, uning balans miqdori bu blokdan olib chiqiladi va
kolonna-barqarorlashtirgichga (59) benzinni barqarorlashtirish blokiga beriladi.
Kolonnaning ostida (19) haroratni saqlab turish uchun benzinsizlantirilgan
neftning bir qismi nasos yordamida (24) olinadi, zmeyevik pechi (23) orqali
o‗tadi va 350 - 370°С gacha qizdiriladi hamda kolonnaning pastki qismiga
qaytariladi. Balansdagi benzinsizlangan neftni miqdori nasos (26) yordamida
zmeyevik pechi (27) orqali o‗tadi va 370 - 380°С haroratda ikkita tangensial
oqim bilan atmosfera kolonnnasiga (30) beriladi. Kolonnadan (30) og‗ir
benzinning va suvning bug‗lari yuqoridan olib chiqiladi hamda neftni pechda
(27) qizdirilgan paydo bo‗luvchi yoyiluvchan gazlar ham olib chiqiladi. Ular
havoli sovutish apparatidan (31) va suvli sovutgichdan (32) o‗tadi. Gaz-suyuqlik
aralashmasi gaz-benzin-suv ajratgichda (33) ajratiladi, kolonnaning yuqori
qismidan gaz chiqariladi, pastki qismidan suvli kondensat (olib chiqiladi,
drenajlashadi, suvni tozalash tizimiga chiqariladi ).
Kondensat og‗ir benzinli fraksiya nasos yordamida (44) olib chiqiladi va
yengil benzin fraksiyasi bilan birgalikda barqarorlashtirishga uzatiladi.
Atmosfera kolonnasida sug‗orish sifatida (30) yuqori sirkulyatsiya sug‗orishdan
foydalaniladi.
Kolonnaning
(30)
uchinchi
likopchasi
bilan
sirkulyatsiyalanadigan suyuqlik (flegma) havoli sovutish apparati (34) va suvli
sovutgich (37) orqali nasosning (44) qabuliga kirib keladi va shu nasos bilan
104
kolonnaning yuqori likopchasiga haydaladi.
Kerosin fraksiyasi bug‗lantiruvchi kolonnaning (35) ostidan nasos (42)
yordamida issiqlik almashtirgich (7) va havoli sovutish apparati (6) orqali
qurilmadan olib chiqiladi.
Dizel yoqilg‗isi fraksiyasi bug‗lantirish kolonnasidan (36) nasos (41)
yordamida chiqariladi. Dizel yoqilg‗isini issiqligidan issiqlik almashtirgich
qizdirgich (78) kolonnalar (68), keyin esa – issiqlik almashtirgichda (9)
foydalaniladi. Dizel yoqilg‗isi fraksiyasi havoli sovutish apparatida (4)
sovutilgandan keyin qurilmadan olib chiqiladi. Dizel yoqilg‗isini olinishini
kuchaytirish uchun kolonnaning tagiga (30) qizdirilgan suv bug‗i (400
0
С)
beriladi. Bug‗ bug‗lantirish kolonnasidan (35 va 36) yengil fraksiyalarni olib
chiqish uchun beriladi.
Atmosfera kolonnasida (30) ikkita sirkulyatsiyali sug‗orish mavjud. O‗rta
sug‗orish sirkulyatsiyasi - flegma nasos yordamida (38) rektifikatsiya
kolonnasining oluvchi likopchasidan olinadi, issiqlik almashtirgich (10), havoli
sovituvchi apparat (28) orqali haydaladi va olinuvchidan yuqoridagi uchta
likopchaga kolonnaga (30) qaytadi. Ostki sirkulyatsiya sug‗orish-flegma oluvchi
likopchadan nasos (39) bilan olinadi, issiqlik almashtirgich (15), havoli
sovutgich (29) orqali haydaladi va kolonnaga uchinchiga yuqorida joylashgan
likopchaga qaytariladi.
Atmosfera kolonnasining (30) ostidan nasos (40) bilan mazut olib
chiqiladi, zmeyevikda vakuumli pechda (56) qizdiriladi va ikkita tangensial
kiritish yordamida vakuum kolonnasiga (48) kirib keladi. Bu kolonnaning
xomashyo kiritiladigan to‗yinish kesim yuzasining ustida qoldiq suyuqlik
tomchilarini kirishini oldini olish uchun urilma likopcha o‗rnatiladi.
Kolonnaning (48) yuqorisini sug‗orish uchun yuqorida joylashgan sirkulyatsiya
sug‗orishidan foydalaniladi: birinchi yog‗li fraksiya vakuum kolonnasinig
uchinchi yuqoridagi likopchasidan nasos (51) yordamida olinadi, issiqlik
almashtirgich (12), havoli sovituvchi apparat (47) orqali haydaladi va undan
keyin sirkulyatsiya qilinadigan qismi kolonnaning (48) yuqori likopchasiga
105
qaytariladi. Vakuum kolonnasining yuqorisidagi kondensatsiya bo‗lmagan
komponentlari yengil fraksiya aralashmasi, yoyilgan gazlar, suv bug‗lari va
havo (zich bo‗lmaganligi tufayli suriladigan) kolonnadan (48) chiqariladi va
havoli sovutish apparatida (46) sovutiladi (bo‗lmasligi ham mumkin), keyin esa
sirt ko‗rinishidagi (45) suvli sovutgichda sovitiladi, undan keyin gaz - suyuqlik
aralashmasi vakuum hosil qilish tizimida to‗planadi (2.14-rasmni pastki qismini
qarang).
Ikkinchi yog‗li fraksiya bug‗lantiruvchi kolonnaning (49) ostidan nasos
(54) bilan chiqariladi va keyin issiqlik almashtirgichga (11), havoli sovutish
apparatiga (3) qurilmadan haydaladi.
Uchinchi yog‗li fraksiya bug‗lantiruvchi kolonnaning (50) ostidan nasos
yordamida (52) issiqlik almashtirgich (13) va havoli sovituvchi apparati (2)
orqali rezervuarga yo‗naltiriladi.
Vakuum kolonnasining (48) pastki sirkulyatsiya sug‗orishi nasos (55)
yordamida amalga oshiriladi, flegma issiqlik almashtirgich (16) va havoli
sovutish apparati orqali kolonnaga qaytariladi. Uchinchi yog‗li fraksiyani
chiqishini kuchaytirish uchun kolonnaning (48) ostiga suvning bug‗i haydaladi.
Kolonnaning pastidan gudron (48) nasos yordamida (53) yordamida olinadi va
issiqlik almashtirgich (18 va 8) va havoli sovituvchi apparat orqali qurilmadan
olib chiqiladi.
Nobarqaror benzinlar ajratgichlardan (22 va 33) nasoslar yordamida (25
va 44) ikki parallel oqim bilan boshida issiqlik almashtirgichlar (60 va 61) dan
o‗tadi, keyin esa kolonnaga (59) kirib keladi. Ikki oqimli benzinlar bilan
kolonnani to‗yinishi (iste‘moli) har xil seksiyalar (yengil va og‗ir) benzinni
barqarorlashtirishda energiya sarfini kamaytiradi. Kolonnada (59) benzin
fraksiyasi tarkibidan erigan gazlar yuqori qismidan chiqarib yuboriladi va havoli
sovituvchi apparatga (58) yo‗naltiriladi, keyin esa suvli sovutgichga (57) va
ajratgichga (72) beriladi. Ajratgichda yog‗li gaz (72) kondensatsiyalangan
yengil
uglevodorodlardan,
suyultirilgan
gazdan
(reflyuks)
ajratiladi.
Suyultirilgan gazning sirkulyatsiyalanadigan qismi nasos (73 ) yordamida
|