MAVZU: MEVA VA URUG‘LARNING KASALLIKLARI
.
Ish rejasi:
1.
Mog‘orlash
2.
Mumlanish
3.
Mevalar deformatsiyasi
4.
Dog‘lanish
5.
CHirish
Zaruriy jixozlar
: rangli qalam, mikroskop, lupa, skalpel, buyum va qoplog‘ich oynalar, igna,
pipetka, suv, rangli plakatlar, gerbariy materiallari.Rangli jadvallar.
Topshiriq.
1.Zararlangan urug‘ va mevalarni tashqi ko‘rinishiga qarab kasallikni aniqlash va rasmini
chizish.
2. Preparat tayyorlab mikroskopda ko‘rish.
Mog‘orlash
. Kasallik urug‘larning tashqi yoki ichki tomonida momiq g‘ubor,
o‘rgimchaksimon namat yoki chimlarning paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadi. Mog‘orning
rangi
uni qo‘zg‘atuvchi mikroorganizm turiga bog‘liq ravishda oq, kulrang, yashil yoki qora bo‘lishi
mumkin.
Mog‘orlashni ko‘pincha
Mucor, Aspergillus, Dematium
turkumiga mansub zamburug‘lar
qo‘zg‘atadi, ular tabiatda juda keng tarqalgan va turli substratlarda yashaydi.
Tarkibida
namlik yuqori, shikastlangan, shuningdek namlik yuqori bo‘lgan sharoitlarda
saqlangan urug‘larda mog‘or kuchli rivojlanadi. Mog‘orlashning
etkazadigan zarari shundaki,
zamburug‘ mitseliylari urug‘ni o‘rab oladi, uning nafas olishini va unda kechadigan turli
fiziologik jarayonlarning buzilishiga sababchi bo‘ladi va urug‘ning nobud bo‘lishiga olib keladi.
Ba’zan mog‘orlagan urug‘lar unib chiqsada, nixollar nimjon bo‘lib shakllanadi va turli kasallik
qo‘zg‘atuvchilari bilan kuchli zarar-lanadi.
Mumlanish.
U ko‘pincha eman yong‘og‘i va qayin urug‘larida kuzatiladi. Eman
cho‘chqayong‘og‘ida mumlanishni
Stromatinia pseudo-tuberosa Rehm.
qo‘zg‘atadi. Urug‘palla
chetlarida sariq yoki to‘q sariq dog‘lar hosil bo‘ladi. Dastlab ular mayda (0,5-1mm) bo‘ladi,
so‘ngra kattalashib, urug‘palla qo‘ng‘ir tusga kiradi va keyinchalik
ustki qismi kulrang
mitseliylar bilan qoplanadi, ular po‘stloq yoriqlaridan tashqariga chiqadi va konidiyalar hosil
qiladi. Hosil bo‘lgan konidiyalar orqali kasallik o‘simliklarga tarqa-ladi.
Oxirgi bosqichda
urug‘palla qorayib, mutlaqo mitseliylar bilan qoplanadi va nihoyat mumlanib qoladi.
Kelgusi yil bahorda, ba’zan kuzda ham mumlangan eman cho‘chqa yong‘oqlarida
zamburug‘ning meva tanachalari – apotetsiylar (4 dan 6-15 donagacha) hosil bo‘ladi. Ularning
gimenial qatlamida xaltachalar shakllanadi. Ular silindr shaklda bo‘lib (100-150x6-9 mkm),
ichida 8 ta xaltasporalar joylashadi. Xaltasporalari tuxumsimon yoki ovalsimon, o‘lchami 8-
10x5-6 mkm. Xalta oralarida 3 mkm qalinlikdagi parafizalar joylashadi. Xaltasporalar to‘kilgan
cho‘chqa yong‘oqlarni zararlaydi. Zamburug‘ juda ko‘p spora hosil qiladi.
Omborxonalarda harorat 0+4
0
S bo‘lishi lozim. CHunki 6-7
0
S xaroratda mitseliylar o‘sib,
boshqa urug‘larni ham zararlaydi.
Qayin urug‘larida mumlanishni
Sclerotinia betulae Woron.
zam-burug‘i qo‘zg‘atadi.
Kasallanish erta bahorda o‘simliklar gullashi davrida sodir bo‘ladi.
Sporalar shamol orqali
tarqaladi. Dastlab mitseliy o‘simlik tugunchasiga, keyin urug‘ ichiga o‘tib to‘qi-malarni to‘latadi
va qanotiga o‘tib taqasimon qora hoshiyali sklerotsiy hosil qiladi. Kasallangan urug‘lar unib
chiqish xususiyatini yo‘qotadi. Kelgusi yil bahorda sklerotsiylar voronka-simon, likobchasimon,
qadahsimon sariq yoki jigarrang meva tana – apotetsiylar hosil qiladi.
Apotetsiylar bittadan yoki guruh bo‘lib joylashadi. Apote-siylar uzun oyoqchali (3-15x4
mm) bo‘ladi. Apotetsiylar sirtida 130x5-6 mkm o‘lchamli xaltalar va uning ichida 10-12x4,5
mkm o‘lchamli xaltasporalar hosil bo‘ladi. Xaltasporalar bir hujayrali, ellips shaklida, rangsiz,
bir qator bo‘lib joylashadi. Xalta oralarida parafizalar bo‘ladi.
Aynan shunday zararlanish