Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə92/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Korporativ madaniyat 
– bu tashkilotning qabul qilingan 
xususiyatlarining o‘ziga xos, uni tarmoqdagi boshqa barcha tash-
kilotlardan ajratib turadigan tavsiflari. 
Korporativ chora-tadbirlar 
– xodimlar ongida kompaniyaning aso-
siy qadriyatlarini aks ettiradigan va qo‘llab-quvvatlaydigan chora-
tadbirlari bunday chora-tadbirlar korporativ madaniyatni rivojlantirishga 
qaratilgan bo‘ladi. 
Madaniyat 
– belgilar bo‘yicha o‘zlashtirilgan va bilvosita ifodala-
nadigan xatti-harakatni belgilab beradigan oshkora va yashirin me’yorlar. 
Insonlar guruhlari faoliyati, shu jumladan, vositalar yordamida amalga 
oshirilishi natijasida yuzaga keladi. Madaniy tizimlar, bir tomondan, in-
sonlar faoliyatining natijalari, boshqa tomondan, uni tartibga soluvchi si-
fatida ko‘rib chiqilishi mumkin. 
Tashkilot madaniyati
– tashkilot a’zolari tomonidan qabul qilingan 
va tashkilot tomonidan e’lon qilingan qadriyatlarda ifodalangan, inson-
larga ularning xatti-harakatlari va xulq-atvori to‘g‘risida ko‘rsatma be-
radigan, tashkilot ichidagi ma’naviy va moddiy aloqaning ramziy 
vositalari orqali beriladigan eng muhim taxminlar to‘plami. 


180 
Tadbirkorlik madaniyati 
– bu xulq-atvor odatlari, tizimning qadri-
yatlari, ijtimoiy me’yorlar, fundamental tamoyillar va ijtimoiy institutlar 
yig‘indisi bo‘lib, subyektlarni to‘plangan tajribaning uzatilishini, vaqt 
o‘tishi bilan tadbirkorlik barqarorligini ta’minlashga imkon beradigan 
tadbirkorlik sohasidagi iqtisodiy faoliyatning u yoki bu shakllariga 
yo‘naltiradi. 
Madaniy integratsiya
– turli madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro 
bog‘liqlikning o‘sish jarayoni, to‘laqonli uyg‘unlikdagi madaniyat tizimi 
shakllanishiga olib keladi. 
Madaniyat majmui
– tashkilot faoliyatining belgilangan tomonlarini 
tartibga soladigan qadriyatlar va me’yorlar yig‘indisi. 
Mentalitet
(lat. – aql, fikrlash, o‘ylash tarzi, ruhiy xususiyat) – 
umumiy ruhiy kayfiyat, dunyoning suratini yaratadigan va madaniy 
an’analarning birligini mustahkamlaydigan fikrlar, e’tiqodlarning nis-
batan yaxlit to‘plami. Mentalitet individual va jamoaviy ongning o‘ziga 
xos darajalarini tavsiflaydi. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   88   89   90   91   92   93   94   95   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin