Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə95/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Marosim (rasm-rusum, udum)
– tashkilotning atrof-muhit xodimla-
ri xatti-harakatlari va tushunchalariga ta’sir qilish uchun belgilangan vaq-
tda va maxsus vaziyatda o‘tkaziladigan standart va takrorlanadigan ja-
moaviy tadbirlar. Ma’lum bir joyda va belgilangan vaqtda maxsus bir 
sabab bois bajariladigan rasmiylashtirilgan odat. Marosim, birinchi 
navbatda, maqsadga muvofiq bo‘lmagan, ramziy ma’noga ega, ammo 
guruhning doimiy a’zolari yoki guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni 
mustahkamlashga hissa qo‘shadi. 
Urf-odat –
ma’lum bir vaqt va joyda ma’lum bir joyda belgilangan 
sabab bo‘yicha amalga oshiriladigan yaxlit, odatiy xatti-harakatlar na-
munalari asosida madaniy tartibga solishning boshlang‘ich, eng sodda 
turi. Odatlardan farqli o‘laroq, urf-odat ijtimoiy tabiatga ega. “Urf-odat” 
atamasini “an’ana”, “udum”, “taomil”, “axloq” atamalari bilan teng deb 
ko‘rilishi mumkin. Biroq, an’ana garchi bunda semantik ortiqcha yukni 
qabul qilsa ham, hodisalarning yanada keng doirasini va faoliyatni tart-
ibga solishning ko‘proq tabaqalashtirilgan shakllarini anglatadi. 
Tashkiliy madaniyat 
– guruh tomonidan ixtiro qilingan, kashf etil-
gan yoki ishlab chiqilgan asosiy taxminlar to‘plami, tashqi muhit va ich-
ki integratsiyaga moslashish jarayonida tashkilot tomonidan olingan, 
ularning samaradorligini ko‘rsatgan va tashkilotning ko‘p a’zolari 
tomonidan baham ko‘rilgan xatti-harakatlar to‘plami. 
Tashkiliy ideallar
– tashkilotning barcha a’zolari baham ko‘radigan 
qarashlar, g‘oyalar, e’tiqodlar tizimi. 
Tashkiliy qadriyatlar
– tashkilot a’zolari ularga nisbatan o‘z 
ehtiyojlari va tashkilot maqsadlariga muvofiq baholash pozitsiyasini 
egallaydigan barcha atrofdagi obyektlar (tashkilot ichida ham, undan 
tashqarida ham). Bunda tashkilot qadriyatlari tashkilot ega bo‘lgan (ba-
ham ko‘riladigan) va u yo‘naltiriladigan (e’lon qilinadigan) turlarga 
bo‘linishi mumkin. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   91   92   93   94   95   96   97   98   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin