Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə96/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

Tashkilot keng ma’noda
– tijorat yoki notijorat maqsadlariga er-
ishish uchun tashkil qilingan ijtimoiy-iqtisodiy tizim. Tor ma’noda bir-
galikda maqsad yoki dasturni amalga oshiradigan va ma’lum bir qoida va 
tartib-taomillar asosida qiladigan insonlar birlashuvi. 
Tadbirkorlik madaniyati
– ijtimoiy foyda va iqtisodiy foyda kelti-
radigan, o‘zini to‘liq namoyon etishni ta’minlaydigan innovatsion 
loyihalarni tashkil etish va amalga oshirish borasida shaxsning integrativ 
xususiyati. 


183 
Korporativ madaniyat tamoyillari
– kompaniya og‘ishmasdan 
amal qiladigan va ularga muvofiq personal bilan o‘z munosabatlarini 
yo‘lga qo‘yadigan tamoyillar. 
Raqobatlashuvchi qadriyatlar ramkali tuzilmasi
– tashkiliy 
madaniyatini tahlil qilish vositasi. Asosiy qadriyatlarni belgilab beradi-
gan, tashkiliy samaradorlik ko‘rsatkichlari aniq ajratiladigan to‘plamini 
(samaradorlik mezonlari to‘rt guruhi) ifodalaydi. 
Ijtimoiy-madaniy tartibga solish 
– insonlar hayotiy faoliyatining 
jamoaviy shakllarini ta’minlash bilan bog‘liq bo‘lgan madaniyatning 
asosiy funksiyalaridan biri; ijtimoiy-madaniy tashkilot doirasida ularning 
individual va ayniqsa, guruh manfaatlari va ehtiyojlarini qondirish, bir-
galikdagi faoliyat davomida yuzaga keladigan qarama-qarshiliklar va 
ziddiyatlarni bartaraf qilish, faoliyat natijalarini baholash mezonlari va 
ijtimoiy faollik umumiy maqsadlarini aniqlash uchun insonlarning o‘zaro 
aloqalarida ma’lum bir tartibga solinganlikni qaror toptirish va qo‘llab-
quvvatlash jarayoni sifatida amalga oshiriladi. 
Ritual 
– rasm-rusumlar tizimi eng avvalo, ramziy ma’noga ega, te-
zkor maqsadga muvofiq emas, lekin guruhning doimiy a’zolari yoki 
guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro munosabatlarni mustahkamlashga hissa 
qo‘shadigan rasmiylashtirilgan xatti-harakatlar yoki xulq-atvor. Ritual 
rasmiy munosabatlarda kommunikativ va ramziy, ijtimoiy nazoratda, 
hokimiyatni amalga oshirishda va hokazolarda muhim rol o‘ynaydi. 
Rolli modellar
– alohida shaxs yoki guruhning harakatlar ketma-
ketligiga rioya qilishni talab etadigan va berilgan vaziyat turiga reaksiya 
hisoblangan nisbatan doimiy xulq-atvor modeli. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   92   93   94   95   96   97   98   99   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin