Marosim (rasm-rusum, udum) – tashkilotning atrof-muhit xodimla-
ri xatti-harakatlari va tushunchalariga ta’sir qilish uchun belgilangan vaq-
tda va maxsus vaziyatda o‘tkaziladigan standart va takrorlanadigan ja-
moaviy tadbirlar. Ma’lum bir joyda va belgilangan vaqtda maxsus bir
sabab bois bajariladigan rasmiylashtirilgan odat. Marosim, birinchi
navbatda, maqsadga muvofiq bo‘lmagan, ramziy ma’noga ega, ammo
guruhning doimiy a’zolari yoki guruhlar o‘rtasidagi o‘zaro aloqalarni
mustahkamlashga hissa qo‘shadi.
Urf-odat – ma’lum bir vaqt va joyda ma’lum bir joyda belgilangan
sabab bo‘yicha amalga oshiriladigan yaxlit, odatiy xatti-harakatlar na-
munalari asosida madaniy tartibga solishning boshlang‘ich, eng sodda
turi. Odatlardan farqli o‘laroq, urf-odat ijtimoiy tabiatga ega. “Urf-odat”
atamasini “an’ana”, “udum”, “taomil”, “axloq” atamalari bilan teng deb
ko‘rilishi mumkin. Biroq, an’ana garchi bunda semantik ortiqcha yukni
qabul qilsa ham, hodisalarning yanada keng doirasini va faoliyatni tart-
ibga solishning ko‘proq tabaqalashtirilgan shakllarini anglatadi.
Tashkiliy madaniyat – guruh tomonidan ixtiro qilingan, kashf etil-
gan yoki ishlab chiqilgan asosiy taxminlar to‘plami, tashqi muhit va ich-
ki integratsiyaga moslashish jarayonida tashkilot tomonidan olingan,
ularning samaradorligini ko‘rsatgan va tashkilotning ko‘p a’zolari
tomonidan baham ko‘rilgan xatti-harakatlar to‘plami.
Tashkiliy ideallar – tashkilotning barcha a’zolari baham ko‘radigan
qarashlar, g‘oyalar, e’tiqodlar tizimi.
Tashkiliy qadriyatlar – tashkilot a’zolari ularga nisbatan o‘z
ehtiyojlari va tashkilot maqsadlariga muvofiq baholash pozitsiyasini
egallaydigan barcha atrofdagi obyektlar (tashkilot ichida ham, undan
tashqarida ham). Bunda tashkilot qadriyatlari tashkilot ega bo‘lgan (ba-
ham ko‘riladigan) va u yo‘naltiriladigan (e’lon qilinadigan) turlarga
bo‘linishi mumkin.