Motiv – inson xulq-atvori yoki xatti-harakatlarining ichki barqaror
psixologik sababi; faollikka qaratilgan ichki ongli xohish.
Norasmiy guruh – shaxslararo munosabatlar, umumiy manfaatlar,
o‘zaro xush ko‘rish va h.k. asosida o‘z-o‘zidan yuzaga kelgan kichik
guruh. Bunday guruh ijtimoiy strukturalardan nisbatan mustaqillik; guruh
faoliyatining aniq ifodalanmagan maqsadi; an’analarga asoslangan va
guruhga a’zolikni anglab yetish darajasiga bog‘liq bo‘lgan norasmiy
nazorat bilan tavsiflanadi.
Norasmiy yetakchilik – qat’iy belgilab qo‘yilgan maqomga ega
bo‘lmagan yetakchilik.
Madaniy me’yor – insonlar xulq-atvorini tartibga soladigan, ularn-
ing muayyan ijtimoiy va madaniy guruhlarga mansubligidan dalolat be-
radigan va ularning ko‘nglidagi tasavvurlarni ifodalaydigan madaniy
faoliyat standarti. Me’yorning vazifasi tasodifiy vaziyatlarni, subyektiv
sabablarni, psixologik holatlarni minimallashtirishdan iborat. O‘zaro
munosabatlarni normativ tartibga solish har bir shaxs tomonidan ma’lum
madaniyatda keng tarqalgan faoliyat me’yorlarini ixtiyoriy va ongli rav-
ishda qabul qilishni o‘z ichiga oladi.
Ijtimoiy me’yor – qandaydir xatti-harakatni taqiqlaydigan yoki buy-
uradigan qoidalar.
Xulq-atvor me’yorlari – jamiyat qo‘shilishadigan, tashkiliy tizimlar
tomonidan yaratilgan ijtimoiy ko‘rsatmalarning eng odatiy tasavvurlari
(urf-odatlar, odob-axloq qoidalari, xushmuomalalik qoidalari va
boshqalar). Qarang: madaniy me’yor, ijtimoiy me’yor.
Axloq – bu ongning qadriyatlar tarkibi, inson hayotini barcha so-
halarida, shu jumladan mehnat, turmush va atrof-muhitga munosabatni
tartibga solishning ijtimoiy zaruriy usuli. Keng ma’noda – ijtimoiy
ongning maxsus shakli va ijtimoiy munosabatlar turi. Tor ma’noda - in-
sonning bir-biriga va jamiyatga nisbatan munosabati tamoyillari va
me’yorlari yig‘indisi.