184
Sub-madaniyat –
hukmron madaniyat doirasida to‘laqonli mustaqil
tuzilmani ifodalaydigan ijtimoiy
guruhning hayotiy uslubi, xulq-atvor
modellari, qadriyatlar tizimi.
Ijodiy fikrlash
– tasavvurga asoslangan fikrlash. G‘ayriodatiy va no-
vatorlik g‘oyalarini bajarish qobiliyati.
Tip
– ma’lum bir belgilar, xarakterli xususiyatlarga ega bo‘lgan biron
narsaning turi, shakli, shuningdek, ma’lum
predmetlar, hodisalar guruhi
unga mansub bo‘lgan namuna.
An’analar –
avloddan avlodga o‘tib keladigan hamda uzok vaqt
davomida belgilangan ijtimoiy guruhlarda namoyon bo‘ladigan madaniy
va ijtimoiy meros. An’analar ijtimoiy-madaniy
meros obyektlarini
(moddiy va ma’naviy qadriyatlarni); ijtimoiy-madaniy meros jarayon-
larini; bunday merosni olish usullarini o‘z ichiga oladi. An’analar sifatida
madaniy
namunalar, institutlar, me’yorlar, qadriyatlar, g‘oyalar urf-
odatlar uslublar ishtirok etadi.
Qat’iy ishonch
– boshqaruv kommunikatsiyalarida foydalaniladigan
uning tanqidiy fikrlashi orqali shaxsga ta’sir etish usuli. Qat’iy
ishonchning asosi mantiqiy dalillar hisoblanadi.
Rasmiy guruh
– strukturasi va faoliyati
oqilona tashkil qilingan va
aniq belgilab qo‘yilgan guruh qoidalari, maqsadlar va rol funksiyalariga
muvofiq standartlashtirilishi mumkin bo‘lgan ijtimoiy guruh. Rasmiy
guruhlarda ijtimoiy munosabatlar shaxssiz xarakterga ega bo‘ladi va
oldindan belgilangan rollar orqali amalga oshiriladi. Bu rollar tashqi mu-
hit va madaniyat me’yorlariga muvofiq rasmiylashtirish tendensiyasiga
ega.
Dostları ilə paylaş: