5
asosida madaniyatni baholash, so‘ngra zarur madaniy o‘zgarishlarni
baholash amalga oshiriladi.
Uchinchi bobda korporativ madaniyatni boshqarishning nazariy va
amaliy asoslari bo‘yicha mavzular yoritilgan. Shuningdek, boshqaruv
subyektlari, jarayonlari, usullari ko‘rib chiqilgan. Shuningdek,
tashkilotning madaniy asoslarini o‘zgartirish va qo‘llab-quvvatlashga
qaratilgan chora-tadbirlar dasturlarini ishlab chiqishdan iborat bo‘lgan
amaliy topshiriqlar beriladi. Bundan tashqari, alohida paragrafda
korporativ madaniyatning tashkilot turli quyi tizimlariga, xususan,
personalni boshqarishga ta’siri masalalari ko‘rib chiqiladi.
Darslikni to‘rtinchi bobida korporativ boshqaruv sohasidagi
tashkilotlarida korporativ etikani shakllantirish va rivojlantirish,
axloqiylik darajasini oshirish usullari bo‘yicha mavzular yoritilgan.
Ushbu
darslikdan
5231900-Korporativ
boshqaruv
ta’lim
yo‘nalishidagi bakalavriat talabalari “Korporativ madaniyat” fanidan
ma’ruza va seminar mashg‘ulotlarida foydalanishi uchun mo‘ljal-
langan bo‘lib, mazkur kitobdan boshqaruv sohasidagi mutaxassislar
ham foydalanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: