Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva


 Korporativ madaniyat tushunchasi



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

1.3. Korporativ madaniyat tushunchasi 
“Korporativ madaniyat” tushunchasi yagona to‘g‘ri talqinga ega 
bo‘lmagan boshqaruv fanlari tushunchalari sinfiga mansub. Deyarli 
har bir tadqiqotchi tashkilot madaniyatining o‘z original ta’rifini kelti-
radi. 
Barcha ta’riflar ikkita asosiy guruhga bo‘linishi mumkin. Birinchi 
guruhga korporativ madaniyat elementlari ko‘rsatiladigan ta’riflar 
kiradi. Masalan, tashkiliy madaniyat – tan olingan qadriyatlar, 
e’tiqodlar, me’yorlar va tashkilotdagi xulq-atvor shakllari. 
Ikkinchi guruh tashkilot madaniyati tashqi muhitga moslashuv
mavjudlik usuli sifatida ko‘rib chiqiladigan ta’riflarni birlashtiradi. 
Masalan, E.Sheynning quyidagi keltirilgan ta’rifi: 
“Korporativ madaniyat” tushunchasi ko‘plab ma’no va mazmunga 
ega. Edgar Sheynning fikriga ko‘ra, korporativ madaniyat bu tashqi 
muhit o‘zgarishlariga moslashish va ichki integratsiya muammolarini 


13 
hal qilishda guruh tomonidan olingan jamoaviy asosiy g‘oyalar 
namunasi bo‘lib, uning samaradorligi qimmatli deb hisoblash uchun va 
guruhning yangi a’zolariga aytib o‘tilgan muammolarni to‘g‘ri idrok 
etish va ko‘rib chiqish tizimi sifatida yetarli bo‘lib chiqadi.
Maykl Armstrong korporativ madaniyat deganda ehtimol, so‘zlar 
bilan ifodalanmagan, lekin insonlar o‘zini qanday tutishi va qanday 
harakat qilishini shakllantiradigan qadriyatlar, me’yorlar, ko‘rsatmalar 
va taxminlar modeli tushuniladi.
Girt Xofstede, milliy madaniyatning ish o‘rniga ta’sirini tadqiq 
etish borasidagi kashshof, tashkiliy madaniyatni “bir tashkilot 
a’zolarini boshqa tashkilot a’zolaridan farqlaydigan fikrlarni jamoaviy 
dasturlash” sifatida ta’riflaydi.
Quyida “korporativ madaniyat” tushunchasiga tegishli ayrim 
mualliflarning fikrlari keltirilgan. 
Korporativ madaniyat: 

“u tashkilot muvaffaqiyati va farovonligi uchun ichki va tashqi 
to‘siqlarni bartaraf qilishni o‘rgatib, xulq atvor normalari, artefaktlar, 
qadriyatlar, tasavvur va tushunchalar majmuyidir”; 

“muammoni yechish tajribasini o‘zida mujassam etgan ijtimoiy 
yaratilgan haqiqatlardir”. Ushbu ta’rif korporativ madaniyatning aso-
sida o‘zgaruvchan reallik sharoitida ijtimoiy o‘zaro ta’sir natijasida 
egallangan bilim olish jarayoni ekanligini ta’kidlaydi; 

“moddiy va ma’naviy qadriyatlar tizimi bo‘lib, ijtimoiy va 
tashqi muhitda namoyon bo‘ladigan tashkilot individualligi, o‘zligini 
tan olishi va boshqalarning o‘rnini anglashdir. buning natijasida tash-
kilot atrof- muhitdagi xulq-atvori, hamkorligi, o‘zligini idrok etishni 
aniqlaydi”.
Korporativ madaniyat ish beruvchining xohishi yoki tashkilot 
boshqaruvi orqali yaratiladi, tashkilotning barcha xodimlari uchun 
majburiy bo‘lgan qoidalar to‘plamidir. Korporativ madaniyat – demo-
kratik hodisa asosida xodimlarning o‘zlari ishtirokida ishlab chiqilgan 
va ongli ravishda rioya etiladigan qoidalar majmuyi bo‘lib, biroq ush-
bu qoidalar qat’iy bajarilish talabiga ega emasdir. 
Korporativ madaniyat qadriyatlar, normalar, artefaklar tilida tas-
virlanadi. Uning tavsifi uchun mazmunini ochib beradigan parametr-
larini aniq belgilash lozim. Tashkiliy madaniyat va korporativ madani-
yatlarning o‘ziga xos xususiyatlari 1-rasmda tasvirlangan. 


14 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin