15
nizolarni hal etish usullari; xodimlarni malaka oshirishi va rivoji
jarayoni: xodimlarni xabardor qilish yo‘llari, fikrlash va yodlash
protseduralarida
abstraksiya
va
konseptualizm;
xodimlarning
ovqatlanishi: nima yeyishadi va qanday ovqatlanishadi, bu sohadagi
odatlar va an’analar: xodimlarning ovqatlanishini tashkil etish –
chastotasini, muddati, maxsus joyda
yoki ish joyida va hokazo; vaqt
mezonlari, unga bo‘lgan munosabat va uning foydalanishi: aniqlik
darajasi, vaqtdan foydalanish usuli, vaqt reglamenti; ishonch: o‘z
kuchiga, hamkasblariga, mijozlarga va raqobatchilarga.
Korporativ madaniyat funksiyalari:
Korporatsiya madaniyatini
shakllantirish jarayoni tizimli yondashishga asoslangan bo‘lishi kerak.
Birinchidan, korporativ madaniyat funksiyalarni belgilash,
zarur
moliyaviy, moddiy, axborot va boshqa resurslarni belgilash, korporativ
madaniyat funksiyalarini amalga oshirish mexanizmini yaratish kerak.
Korporativ madaniyatning asosiy funksiyalari:
‒
korporatsiya qadriyatlarini shakllantirish, to‘plash, targ‘ib qilish
va asrash (axloq me’yorlari, xatti-harakatlar qoidalari, muayyan tarixiy
voqealar, voqealar, hamkorlar va mijozlar bilan munosabatlar);
‒
korporativ axborot tizimini shakllantirish, ya’ni, har bir
xodimning professionalligini va malakasini oshirish, o‘z
texnolo-
giyalar, mahsulotlar ishlab chiqish, korporatsiya intellektual mulkni
yaratish, tadqiqot va ilmiy izlanishlar o‘tkazish va boshqalar;
‒
korporatsiya ichki kommunikatsiya va aloqa tizimini shakllan-
tirish (usullari va aloqa shakllari), boshqaruv tizimi va xodimlarning
orasida ochiq
muloqot tizimini mavjudligi, xodimlarning axloq
qoidalari kodeksini ishlab chiqish kabilar kiradi;
Korporatsiyaning tashqi kommunikatsiyasi va aloqalarini yaratish,
ya’ni ijtimoiy aloqalar, hamkorlar bilan aloqalar, ijobiy va jozibador
obro‘ni yaratish, korporatsiya usulni ishlab chiqish va ijtimoiy
missiyasini amalga oshirish.
Maqsadlilik – korporatsiyasi maqsadlari va uning elementlarini
belgilash, xodimlarining mehnat va uning jarayoni madaniyatini
shakllantirish (masalan, ish joyini tashkil etish uchun talablar ishlab
chiqish) va boshqalar…
Dam olish vazifasi – tashkilotning madaniy elementlarini idrok
etish, ma’naviy kuchlarining qayta tiklanishini ta’minlash
faqatgina
shakllanishida xodimlar ishtirok etgan va tan oladigan yuksak ma’na-
16
viy salohiyatga ega koprorativ madaniyat bilan amalga oshirilishi
mumkin.
Korporativ madaniyatni shakllantirish va rivojlantirish menejmenti
bizni ta’lim, ilmiy faoliyatga yo‘naltirilgan yangi biznes jamiyatni
shakllantirishga imkon beradi.
Dostları ilə paylaş: