Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə8/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

 
Korporativ madaniyat darajalari. 
 
Korporativ madaniyatning ikki 
xildagi darajasi ajratiladi: tashqi va ichki. 
Korporativ madaniyatning tashqi darajasi (aniq ifoda etilgan
kuzatilgan) – qonunlar, qonunlarni tashkil etishda rasman faoliyat yuri-
tuvchi, yangi texnologiyalarni qo‘llash va ishlab chiqarish, jismoniy 
obyektlar, mahsulotlar ishlab chiqaradigan asarlar, xulq-atvorlari, til. 
Korporativ madaniyatning ichki darajasi (ko‘zga tashlanadigan, 
yashirin) – insonlarning ichki dunyosini o‘z ichiga oladi: ularning 
g‘oyalari, fikrlari, qadriyatlari, e’tiqodi, atrof olamni his qilish yo‘llari. 
Xulq-atvor normalari va insonlar xatti-harakatini tartibga soluvchi 
yashirin qoidalar o‘zlashtirilgan ichki jarayonlarni aks ettiradi. 
Bu ikki bosqichni kuzatib borish oson, lekin ajralish deyarli 
mumkin emas, chunki ular ajralmas birlashmaning ikki qismini 
ifodalaydi va bir-birini takrorlaydi. 
Sheynga ko‘ra korporativ madaniyatning darajalari: 
artefaktlar – jismoniy va ijtimoiy muhitni tashkil etishda paydo 
bo‘ladigan, lekin ko‘pincha tushunarli bo‘lmagan darajada korporativ 
madaniyatning tashqi ifodasidir. Sun’iy ravishda ishlab chiqarilgan ar-
tefaktlar, tabiiy bo‘lmagan mahsulotlar, madaniyat mahsulotlari
madaniyat, shuningdek texnologiya, ko‘rinadigan va eshitiladigan, ki-
yim, ichki makon, jargon va boshqalar; 
– qadriyatlar – bu korporatsiya madaniyatining darajasi ma’lum da-
rajada jismoniy va ijtimoiy muhitda qabul qilingan qadriyatlar, 
me’yorlardir. Misol uchun, yangi sharoitlarda qaror qabul qilish za-
rurati yuzaga kelgan guruhga takliflar; 
– asosiy e’tiqodlar – bu korporatsiya madaniyatining ko‘zga 
ko‘rinmas, idrok etilmagan darajasida birlashishi: atrofdagi dunyo bi-
lan aloqalar, vaqtning haqiqatini anglash, makon, insoniy tabiat, inson 
faoliyati va munosabatlari. 
Dil va Kennediga qarashlariga ko‘ra, korporativ madaniyatning da-
rajalari: qadriyatlar tashkilotning bo‘limlari va barcha a’zolari tomoni-
dan taqsimlanadi; qahramonlar – bu tashkilotning eng muhim tashkiliy 


17 
qadriyatlarini ifodalovchi namuna bo‘lgan a’zolar; marosimlar va 
marosimlar tashkilot uchun muhim voqealarni belgilash va ularga 
yangi a’zolarni qo‘shish uchun o‘tkaziladigan tashkilotdagi marosimn-
ing to‘liq ramzi; aloqa tuzilmasi – norasmiy aloqa kanallari tashkilot 
a’zolari korporativ qadriyatlar, qahramonlar, urf-odatlar va marosimlar 
haqida ma’lumot olishadi. 
Trays va Beyeru yondashuviga ko‘ra korporativ madaniyat dara-
jasi: urf-odatlar – oldindan rejalashtirilgan va tayyorlangan, ko‘pincha 
teatrlashtirilgan marosimga o‘xshaydi, bunda taqdirlash marosimi 
bo‘lib, korporativ madaniyat turli ko‘rinishlarda jamlangan “Yilning 
eng yaxshi Inventori”. Seremoniya – birlashtirilgan bir qator 
voqealarning birlashtitilganligi bo‘lib, masalan yangi mahsulot ishlab 
chiqarilishining yo‘lga qoyilishi va rahbarlardan birining korporatsi-
yaning istiqboldagi natijalari to‘g‘risida ommaviy tarzda nutq 
so‘zlashi. Marosimlar – tashkilotning asosiy qadriyatlarni birlashti-
ruvchi tizimli jarayon. 
Korporativ madaniyatning xususiyatlariga ta’sir etuvchi omillar.
 
Tashkilotdagi boshqaruv omillaridan biri bo‘lgan korporativ madani-
yat, o‘z navbatida, tashqi va ichki muhitlaridan ta’sirlanadi. Kompa-
niyani muvaffaqiyatli boshqarish bu ta’sir omillarini, ularning kuchini 
va intensivligini aniqlash, ularni bartaraf etish yoki aksincha 
kuchaytirishning oqibatlarini va imkoniyatlarini oldindan bilish qobili-
yatidir. 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin