179
Korporativ madaniyat elementlari
– kompaniyaning shakllanish va
rivojlanish bosqichida yuzaga kelgan korporativ
madaniyatning qadri-
yatga oid yo‘nalishlari.
Kontr-madaniyat
– hukmron madaniyatdan farq qilibgina qol-
masdan, hukmron qadriyatlarga qarshi bo‘lgan sub-madaniyat.
Madaniyatlar o‘rtasidagi ziddiyat
– alohida shaxslar,
ularning
guruhlari, shaxs va guruh, shaxs va jamiyat, guruh va jamiyat,
turli ja-
moalar yoki ularning ittifoqlari o‘rtasidagi qiymat-me’yoriy munosaba-
tlar, yo‘nalishlar, pozitsiyalarda qarama qarshiliklarning muhim bos-
qichi. U o‘zining g‘oyaviyligi, shartliligi,
baholovchi pozitsiyalar, dun-
yoqarash va diniy qarashlarning nomuvofiqligi, u yoki bu ijtimoiy
ahamiyatga ega faoliyatni amalga oshirish uchun me’yorlar va qoidalar
an’analari va h.k., ya’ni pirovardida, mafkuraviy (individual yoki guruh)
ko‘rsatkichlarida belgilab qo‘yilgan qarama-qarshi tomonlarning ijtimoiy
tajribalaridagi farq tufayli o‘ziga xosdir.
Konformlik
– bu insonning xatti-harakatlarini
boshqa insonlarning
ta’siri ostida ularning talablari va xatti-harakatlarining stereotiplariga
mos keladigan tarzda o‘zgartirishga moyilligi. U tegishli shaxsiy
xususiyatda – konformizmda qayd etiladi.
Dostları ilə paylaş: