176
GLOSSARIY
Atribut
(lat.attribuo – beraman) muhim belgi; obyektning zaruriy,
ajralmas xususiyati.
Artefakt
(lat. artefactum – sun’iy ravishda qilingan) –
tabiatga xos
bo‘lmagan, inson tomonidan yaratilgan hamma narsa.
Madaniyat vertikal o‘lchanishi
«madaniyat darajasi» toifasi bilan
belgilanadi (yuzaki, yuzakidan keyingi va chuqur).
Madaniyat gorizontal o‘lchanishi
– madaniyat shakllari xilma-
xilligi, masalan, iqtisodiy, ijtimoiy-psixologik, huquqiy madaniyat.
Madaniyat
dinamikasi
– 1)
yaxlitlik, tartibga solingan
tendensiyalarning mavjudligi, shuningdek yo‘naltirilgan
xarakter bilan
ajralib turadigan turli madaniyatlarning o‘zaro ta’siri va madaniyatidagi
o‘zgarishlar; 2) madaniyat nazariyasining bo‘limi, uning doirasida
madaniyatdagi o‘zgaruvchanlik
jarayonlari, ularning holati, yo‘nalishi,
ifoda kuchi, shuningdek, madaniyatning yangi
sharoitlarga moslashuvi
qonuniyatlari, madaniyatdagi o‘zgarishlarni belgilovchi omillar, ushbu
o‘zgarishlarni amalga oshiradigan sharoitlar va mexanizmlar o‘rganiladi.
Ideal
–
faoliyatning, e’tiqodning eng yuqori maqsadi bo‘lgan bu –
imon. Bunda unga ishoniladigan ideal, hayotda amaliyotga tatbiq etish
uchun real asoslar bo‘lishi shart emas.
Mafkura
– qadriyatlar va xulq-atvor tizimiga nazariy asosdir.
Insonlarning haqiqatga munosabati tan
olingan va baholanadigan
axloqiy, diniy, estetik, siyosiy, huquqiy va falsafiy qarashlar va g‘oyalar
tizimi.
Dostları ilə paylaş: