Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə85/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

 
10.1.
 
Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning
dolzarb masalalari 
 
Yosh avlodning sog‘lom o‘sishi, sifatli ta’lim olishi va barkamol 
shaxs bo‘lib voyaga etishini ta’minlash, shuningdek, yoshlarning 
madaniyat, san’at, sport, axborot texnologiyalari va kitob o‘qishga 
bo‘lgan qiziqishini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan 
“besh muhim tashabbus”ni joriy etish bo‘yicha samarali ishlar amalga 
oshirilmoqda. 
Yurtimizda tashkil etilayotgan yangi davlat va nodavlat 
maktabgacha ta’lim tashkilotlari, umumta’lim maktablari, oliy o‘quv 
yurtlari, nufuzli xorijiy universitetlarning filiallari, zamonaviy IT-
parklar, madaniyat muassasalari va sport inshootlari, mutlaqo yangi 
namunadagi ta’lim maskanlari – “Prezident maktablari”, “Temurbeklar 
maktabi”, “Ijod maktablari” bugungi globallashuv sharoitida raqobatga 
qodir bo‘lgan yetuk kadrlarning yangi avlodini tarbiyalashga xizmat 
qilmoqda
41

Yoshlarni qo‘llab-quvvatlash tizimini tubdan isloh qilish va yanada 
rivojlantirish maqsadida 2021-yil mamlakatimizda “Yoshlarni qo‘llab-
quvvatlash va aholi salomatligini mustahkamlash yili” deb e’lon 
qilindi. 
41 O‘zbekiston Respublikasi VM Qarori 23-son .2021-yil 18.01 


167 
Hozirgi kunda butun dunyoda globallashuv, madaniyatlar 
aralashuvi jarayoni kechmoqda. Bu murakkab jarayon nafaqat 
yoshlarga, balki kattalar dunyoqarashiga ham ta’sir etadi. Bir 
tomondan, axborot texnologiyalari kundalik hayotimizga shu qadar 
shiddat bilan kirib kelayaptiki, buni har qanday raqamlarsiz ham 
kuzatishimiz mumkin. Ayni paytda mamlakatimizda 1500 dan ziyod 
ommaviy axborot vositalari faoliyat yuritmoqda. Ushbu ommaviy 
axborot vositalari navqiron avlod vakillarining axborot madaniyati va 
mafkuraviy immunitetini shakllantirishga hissa qo‘shmoqda.
Mamlakatimizda ta’lim olish jarayonlariga ham axborot kommuni-
katsiya tizimlarini joriy qilish bo‘yicha bir qator ijobiy ishlar amalga 
oshirildi. Xususan, ta’lim muassasalarini kompyuter texnikalari bilan 
ta’minlash barobarida ta’lim berishning zamonaviy usullaridan 
foydalanish, barcha ta’lim muassasalarida axborot-resurs markazlari 
tashkil etilib, ularda Internet tizimidan foydalanish imkoniyatlari 
yaratib berilgan. Biroq masalaning yana boshqa bir tomoni borki, 
yaratilayotgan imkoniyatlardan yoshlar qay yo‘sinda foydalanayapti?
42
Bu kabi imkoniyatlar ularning kamol topishiga qanday ta’sir 
ko‘rsatayapti? – degan og‘riqli savollar vujudga kelmoqda.
Tahlillar shuni ko‘rsatmoqdaki, hozirgi kunda yoshlarning 90% 
asosiy axborot manbai sifatida Internetga murojaat qilmoqda. 
Foydalanilayotgan axborot vositalarining katta qismi asosan “Twitter”, 
“Instagramm”, “Facebook”, “Odnoklassniki” kabi ijtimoiy tarmoqlar 
va video, audio portallarga to‘g‘ri kelsa, ma’lum bir qismigina zararli 
ta’sir etmaydigan, ilmiy, madaniy va ma’rifiy saytlardan iboratligini 
kuzatishimiz mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, bugungi kunda 
Internet tarmog‘ida o‘z joniga qasd qilishning oson yo‘llarini targ‘ib 
qiluvchi 9 ming, shahvoniy mazmundagi 4 mingdan ziyod saytlar 
mavjud bo‘lsa, 49% kompyuter o‘yinlari zo‘ravonlik va yovuzlikni 
targ‘ib qiladi. Ayni vaqtda 42% bolalar va o‘smirlar onlayn tarzida 
tarqatiladigan pornografiya ta’siriga butunlay tobe bo‘lib qolgan.
Xalqaro ekspertlar dunyo miqyosida 38% bola zo‘ravonlik ruhidagi 
saytlarga, 26% millatchilik xarakteridagi vebsahifalarga muntazam 
kirishini tasdiqlamoqda. Qayd etib o‘tilgan masalalar bevosita har bir 
yoshning mamlakat ijtimoiy-siyosiy hayotida o‘z o‘rnini egallashi, 
42 Yoshlarda fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishning dolzarb masalalari Rasul Kush-
erbayev, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputati.


168 
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish yo‘lidagi muammolar qatorida 
turibdi. Fuqarolik pozitsiyasini shakllantirish bevosita huquqiy 
savodxonlik darajasini oshirish bilan ham bog‘liq. Yoshlarda kuchli 
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishda, afsuski, amaliyotda quyidagi 
muammolar ko‘zga tashlanmoqda. 
Tarbiya jarayoni va bunda ota-ona tomonidan yo‘l qo‘yilayotgan 
mas’uliyatsizlik. Afsuski, bugun ayrim oilalarda ota o‘z bolasi uchun 
ideal shaxs sifatida gavdalanmay qo‘ygan. Maktab ta’lim jarayonidagi 
muammolar: 9 yillik ta’lim, 12 yillik ta’lim, 11 yillik ta’lim, lotin va 
kirill alifbosidagi o‘zaro moslashmaslik, ta’limda eksperimentlarning 
muttasil o‘tkazilishi uzluksiz ta’limda salbiy asoratlar qoldirmoqda, 
avlodlar o‘rtasidagi tarixiy bilimlarning o‘zaro nomuvofiq holda 
shakllanishiga olib kelmoqda. Shu bilan birga, ta’lim jarayoniga jalb 
etilganlarning ijtimoiy va moddiy ahvoli yetarli darajada qo‘llab-
quvvatlanmaganligi ham bu borada muhim muammolar qatorida 
turibdi. 
Oliy o‘quv yurtiga kirishda sun’iy va mantiqsiz sinov test 
imtihonlarining joriy etilgani, oqibatda yoshlar bilim olishga emas, test 
yechishga tayyorlanayotgani, shuningdek, hududlar bo‘yicha sharoitlar 
har xil bo‘lishiga qaramay, hamma uchun bir xil savollar berilishi, 
kvota, kirishning o‘ta qiyin, bitirishning oson prinsipi amalda 
qo‘llanilishi 
yoshlarda 
fuqarolik 
pozitsiyasi 
mustahkamligini 
ta’minlashda to‘siq bo‘lmoqda. Ta’lim muassasalari va mehnat 
jamoalarida “Davlat tili haqida”gi qonun talablariga yetarli darajada 
amal qilinmaydi. O‘rta ta’lim va mehnat bozori o‘rtasida o‘zaro 
muvofiqlikning yo‘qligi, masalan, tibbiyotchi, o‘qituvchida o‘rta 
ma’lumot bo‘lsa, uni ishlamasin, degan vazirlikning talabi 
mantiqsizlikning davomi bo‘lib turibdi.
Oliy ta’lim va mehnat bozori o‘rtasida o‘zaro muvofiqlikning 
yo‘qligi, ya’ni mehnat bozorida qanday kadrga ehtiyoj bor, nega yirik 
korxonalardan buyurtma olish prinsipi bo‘yicha ishlanmaydi, degan 
savollarga yechim topilmayapti. Oqibatda ma’lum yo‘nalishlarda 
kadrlar ko‘p bo‘lsa-da, ish yo‘q. Ma’lum kasblar uchun pul topish va 
jamiyatda alohida ustun mavqega olib kelish imkoniyati yaratib 
qo‘yilgani, shu soha vakillari va idoralarga qonunlarda vakolatlarning 
kuchaytirib yuborilganligi oqibatida o‘zbek yoshlarning orzusi: 


169 
prokuror, militsiya va boshqa “obro‘”li kasblarga o‘zlarini urish bilan 
chegaralanib qolmoqda.
Masalan, bir muddat ilgari O‘zbekistonda ayollar va bolalar 
muammolari bilan shug‘ullanuvchi tashkilot qishloqda yashovchi 15-
16 yashar o‘smirlardan kollej va litseylarni bitirganlaridan keyin kim 
bo‘lishlari haqida so‘ragan. So‘rov mualliflarining aytishlaricha, uchta 
asosiy javob “tuman prokurori”, “tuman militsiyasi boshlig‘i” va “tu-
man sudi raisi” bo‘lgan. Bu mansablar hammaga ham yetmasligi 
mumkin-ku, degan savolga yoshlar darhol “Unda uylanib, oilaviy 
hayotni boshlaymiz”, deb javob berishgan.
Afsuski, shu kunga qadar yoshlarning psixologiya bilan ishlash 
masalasi birinchi darajali masala sifatida ko‘rilmay, ortga surilgani 
oqibatida turli ruhiy bosim yoki hayotga noto‘g‘ri qarash bilan ja-
miyatga kirib kelayotgan yoshlar ko‘payib borayotganligi ham 
fuqarolik pozitsiyasini shakllantirishdagi muhim to‘siqlardan biri 
bo‘lib turibdi. O‘z joniga qasd qilishlar ko‘payib borayotgani, ayrim 
huquqni muhofaza qiluvchi idoralar vakillarining axloq normalaridan 
chiqib, hatto so‘roq vaqtida ayolni yechintirishgacha borgani va h.k. 
Ishlar, avvalo, yoshlarning psixologiyasi bilan ishlash masalasiga 
yetarli darajada ahamiyat qaratilmaganligi bilan bog‘liq. Bu, o‘z 
navbatida, korrupsiya, mahalliychilik va boshqa illatlarning avj olish-
iga ham sabab bo‘luvchi omillar qatoriga kiradi. Ko‘rib turibmizki, 
ayni paytda dunyo iqtisodiyotida innovatsion texnologiyalarning 
ulushi tobora ortib bormoqda. Shu bois, yoshlarning innovatsion g‘oya 
va tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash borasidagi ishlarni kuchaytirish, 
avvalo, mazkur yo‘nalishdagi qonun hujjatlarini takomillashtirish ma-
salasi qonun ijodkorlari oldiga katta mas’uliyat yuklamoqda. Bunda, 
ayniqsa, tadqiqot ishlari bilan mashg‘ul, yangi zamonaviy loyihalar us-
tida 
ishlayotgan 
izlanuvchan, 
iqtidorli 
yoshlarni 
yanada 
rag‘batlantirish, innovatsion texnologiyalarni iqtisodiyot tarmoqlariga 
keng jalb etishda ularning salohiyatidan to‘g‘ri va samarali foyda-
lanish, eng muhimi, aholining eng harakatchan, serg‘ayrat qatlami 
vakillarining imkoniyatini to‘g‘ri baholash masalalarida amaldagi 
qonun hujjatlarini qayta ko‘rib chiqish va takomillashtirish ustuvor va-
zifa hisoblanadi. 


170 

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   81   82   83   84   85   86   87   88   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin