163
va mojarolar kelib chiqadi. Bu yerda tadbirkor
rahbar bilan xodimlar
o‘rtasidagi va shaxslararo ziddiyatlarni fikrlash kerak. Bu hollardagi
ziddiyatlarning bir necha sabablari mavjud.
Moddiy-texnik sabablar –
mehnat vositalari bilan mehnat
jarayonlari, shart-sharoitlari o‘rtasidagi ziddiyatlar. Asbob-uskunalar,
jihozlar eskiligi uchun mehnat sharoiti yomon, mehnat unumdorligi
past va hokazo. Bular xodimlarga g‘amxo‘rlik qilishga to‘siq, moddiy
va ma’naviy ehtiyojlar qondirilmasligiga sabab bo‘ladi.
Xo‘jalik-tashkiliy sabablar
– mehnat natijalarini to‘g‘ri
baholamaslik, mehnatni to‘g‘ri taqsimlamaslik.
Bular xodimlarda
norozilik tug‘diradi.
Ijtimoiy-kasbiy sabablar –
xodimlarning bilimi, malakasi va kasb
mahoratini
nazar-pisand
qilmaslik,
xodimdan
o‘z
o‘rnida
foydalanmaslik, mehnat qonunchiligiga amal qilmaslik.
Ijtimoiy-demografik sabablar –
xodimlarning yoshi, jinsi, millati,
ma’lumoti kabi omillarni, oilaviy sharoitlarini inobatga olmaslik.
Ijtimoiy-psixologik sabablar –
xodimlar faoliyatida yaqqol
ko‘zga tashlanadigan yaxshi va yomon xislatlar, qobiliyati,
qiziqishlari, xotirasi, tafakkuri, his-tuyg‘usi
kabi ruhiy holatlar bilan
hisoblashmaslik.
Tadbirkor rahbar faoliyatida qo‘l ostidagilar bilan muloqot-
muomalada ham ziddiyatli holatlar ro‘y berishi mumkin. Bunga
rahbarning yoki xodimning kalondimog‘ligi, muomala madaniyatining
pastligi, qiziqqon-jizzakiligi, qo‘rsligi, qo‘polligi, tundligi va
boshqalar sabab bo‘ladi. Xodimning dangasaligi, yalqovligi,
maqtanchoqligi, loqaydligi, beparvoligi ham ba’zan ziddiyatlar
tug‘diradi.
Tadbirkor rahbar va xodimlar o‘rtasidagi ruhiy psixologik
ziddiyatlar kelib chiqishga sabab:
1) mehnat jarayonining noto‘g‘ri uyushtirilishi;
2) shaxslararo munosabatlarning xilma-xilligi va murakkabligi;
3) jamoa a’zosining o‘ziga xosligidir.
Tadbirkor rahbar bunday ziddiyatli holatlarni to‘g‘ri idrok etishi,
tahlil qilishi, baholashi muhim ahamiyatga ega. Agar rahbar har bir
ziddiyatli hodisaga xolisona, samimiy munosabatda bo‘lsa, masala
to‘g‘ri
yechimini topadi, bordi-yu, jizzakilik qilib, yengiltaklik bilan
baholasa, nosog‘lom axloqiy-ruhiy muhit paydo bo‘lishiga yo‘l
164
qo‘yadi. Tadbirkor rahbar har qanday ziddiyatli holatda o‘zini tutishi,
bosiq bo‘lishi, uzoqni ko‘zlashi, murosa-madora qilishi, holatga
moslashishi, suhbatdoshini hamkorlikka, yaxshilikka da’vat
qilishi
ijobiy natija beradi.
Bizningcha, tadbirkor rahbarning har qanday ziddiyat va mojaroni
bartaraf etish yo‘llari quyidagilardan iborat:
1. Mojaroning kelib chiqish sabablarini aniqlash va uning
o‘tkirlashishiga yo‘l qo‘ymaslik uchun chora-tadbirlar ko‘rish.
2. Mojaroli vaziyatni yumshatish – ziddiyatga borgan kishilar bilan
oshkora suhbat va ular sonini kamaytirish choralarini izlash.
Vaziyatni to‘la idrok etish, o‘zlashtirish – «ahvol»ning xo‘jayini
bo‘lib olish va qat’iy chora ko‘rish.
Mojaro va uning vaziyatlarini chuqur tahlil qilishi:
– mojarolashayotgan tomon va guvohlar bilan alohida
suhbatlashishi;
– ularning maqsadi, qiziqishlari,
xulq-atvori, kasbi, tajribasi,
turmush sharoiti va boshqa ruhiy-ma’naviy jihatlarini o‘rganish;
– mojaroli vaziyatning sabablarini, jamoaning unga munosabatini
aniqlash;
– mojaro haqidagi axborotlarni haqiqiy ahvol bilan solish tirish;
– mojaroni hal etishning har xil usullarini ishlab chiqish va tahlil
qilish;
– mojaroni hal etishning eng qulay usuli, shakli, vositasi va sha-
roitlarini tanlash;
– tanlangan usullarni jamoa tarbiyasi,
mehnat vazifalari,
maqsadlari bilan qiyoslab, taroziga solib ko‘rish;
– tanlangan va tekshirilgan usulni qo‘llab, mojaroni bartaraf etish;
– mojaro bartaraf etilganidan hammani xabardor qilish;
– mojaro keltirib chiqargan tomonning nohaqliligi isbotlangach
ularni to‘g‘ri yo‘lga boshlash va hokazo.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida har qaysi bo‘g‘indagi tadbirkor shuni
tushunib yetmog‘i kerakki, har qanday sharoitda ham insonga
g‘amxo‘rlik qilish, inson ruhiy holatini barqaror etishga qaratilgan
jarayonlarni tashkil etish, jamoaning har bir a’zosi mehnatdan moddiy
va ma’naviy qoniqish hosil qilishiga erishish uning zimmasidagi
muqaddas vazifadir.
Dostları ilə paylaş: