171
Mamlakatda fundamental va akademik fanni rivojlantirish sohasiga
yosh istiqbolli kadrlarni yanada ko‘proq jalb etish borasida bir qator
vazifalar belgilandi. Shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi Preziden-
tining 2017-yil 16-fevralda “Oliy ta’limdan keyingi ta’lim tizimini
yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-4958 sonli Farmoniga ko‘ra,
mustaqillik yillarida uzluksiz ta’limning noyob tizimi yaratildi, ilmiy-
tadqiqot faoliyati, oliy malakali ilmiy
va ilmiy-pedagog kadrlar
tayyorlash va attestatsiyadan o‘tkazish samaradorligini oshirishga,
mamlakatning ijtimoiy va iqtisodiy taraqqiyotida ilm-fanning rolini
kuchaytirishga yo‘naltirilgan salmoqli ishlar amalga oshirildi.
Oliy ta’lim va fan integratsiyasini kengaytirish, yuqori malakali
mutaxassislar tayyorlashda akademik ilmiy kadrlar salohiyatidan
foydalanish samaradorligini rivojlantirish, ularning OTM o‘quv
jarayonidagi ishtirokini ta’minlash, iqtidorli
yoshlarni ilmiy tadqiqot
va innovatsion faoliyatga keng jalb etish maqsadida O‘zbekiston
Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi va O‘zbekiston
Respublikasi Fanlar akademiyasi bilan hamkorlikda o‘quv-ilmiy
kompleks va markazlar faoliyatini tashkil etish modeli yaratildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 17-fevraldagi
“Fanlar akademiyasi faoliyati, ilmiy tadqiqot ishlarini tashkil etish,
boshqarish va moliyalashtirishni yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘g‘risida”gi 2789-sonli qarori, 2017-yil 5-iyuldagi
“Yoshlarga oid davlat siyosati samaradorligini oshirish va O‘zbekiston
yoshlar ittifoqi faoliyatini qo‘llab-quvvatlash to‘g‘risida”gi PF-5106
sonli Farmoni va 2017-yil 27-iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar
tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining
ishtirokini yanada kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-
3151-sonli Qarori kabi normativ-huquqiy hujjatlarning qabul qilinishi
va ijtimoiy hayotga tatbiq etilishi bu borada muhim qadam bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 29-noyabrdagi
“O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligini tashkil
etish to‘g‘risida”gi PF-5264-sonli
farmoniga muvofiq, Fan va
texnologiyalar
qo‘mitasi
tugatilib,
O‘zbekiston Respublikasi
Innovatsion rivojlanish vazirligining tashkil topishi, O‘zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 19-iyuldagi “Yoshlarni
ilm-fan sohasiga jalb qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-
tadbirlari to‘risida”gi 559-sonli Qarori mamlakatimiz ilm-fani sohasida
172
yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan inqirozli vaziyatning oldini olish
maqsadida qo‘yilgan dadil qadam bo‘ldi. Unda ilm-fan nufuzini
yanada oshirish, ilmiy texnologik salohiyatni yuksaltirishda akademik
ilm-fanning
rolini kuchaytirish, mavjud ilmiy maktablar an’analarini
davom ettirish va yangi maktablar yaratilishini ta’minlash maqsadiga
qaratildi.
Qarorda yoshlarni ilm-fan sohasiga ommaviy tarzda jalb qilishga
yo‘naltirilgan yaxlit tizim – O‘zR FA tarkibida “Yosh akademiklar”
klubini tashkil etish vazifasi belgilab qo‘yilgan. “Yosh akademiklar”
klubining asosiy vazifasi bo‘lajak a’zolarini maxsus sinovlar asosida
saralab olish. Albatta, ilm-fanni yosh, iqtidorli, malakali kadrlar bilan
ta’minlash, xodimlarning bilimdonlik darajasini oshirish, ularning
qobiliyatlarini ro‘yobga chiqarish uchun
barcha sharoitlarni yaratish,
ilmiy jarayonni jadallashtirish bilimga asoslangan iqtisodiyot modeli
hisoblanib, bu jarayonning samaradorligini ta’minlashda yangicha
yondashuvlarni izlab topishni taqozo etadi. Shu bilan birga, mamla-
katni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga oid ishlar oliy o‘quv yurtidan
keyingi ta’lim tizimi sharoitida orttirilgan tajribaning mohiyatini qator
xorijiy mamlakatlarning mazkur sohadagi ilg‘or amaliyotini hisobga
olgan holda qayta anglash zarurligini taqozo etmoqda.
Hozirgi sharoitda ilmiy kadrlar tayyorlash
jarayonini tobora jadal
rivojlantirish va sifatini oshirish, iqtidorli yoshlarni ilm-fanga keng
jalb qilish, oliy ta’lim va ilmiy muassasalarning ilmiy salohiyatini
mustahkamlash, undan respublikaning innovatsion rivojlanishida sa-
marali foydalanish masalalari alohida ahamiyat kasb etadi.
Dostları ilə paylaş: