9.3. Tadbirkor rahbar faoliyatining ruhiy-psixologik xususiyatlari
Bozor iqtisodiyoti sharoiti tadbirkor rahbarlardan tadirkorlik va
ishbilarmonlikni, boshqaruv uslublarini takomillashtirishni talab etadi.
Boshqarish uslublari, asosan, ongli ravishda muayyan maqsadlarga
erishish uchun xizmat qiladi. Ular mohiyati va maqsadiga ko‘ra
tarbiyaviy, moddiy-rag‘batlantiruvchi, ma’muriy-tashkiliy turlarga
bo‘linadi.
Tarbiyaviy
uslub,
insonning
ma’naviy
takomillashishiga,
ruhiyatiga
va
boshqa
ijtimoiy
xarakteriga
mos
ravishda
tashkillashtiriladi.
Moddiy rag‘batlantiruvchi uslub esa mehnat samaradorligini
oshirish, mahsulot sifatini yaxshilash uchun ishchilarni moddiy
40 Iqtidorli tushunchadan farqli o‘laroq, iste’dod tushunchasi ham bor. Iste’dod – bu har
tomonlama rivojlangan, nihoyatda kuchli va takrorlanmas qobiliyatdir. Qobiliyat, iqtidorni
tinimsiz mehnat tufayli tarbiyalash mumkin. Ammo iste’dod iborasi ajdodida buyuk siymolar
o‘tgan avlod farzandlari orasida biror iste’dod egasi bo‘y ko‘rsatib qolganda tilga olinadi.
158
qiziqtirish maqsadida tashkil etiladi.
Ma’muriy-tashkiliy uslub asosan jamiyat talablarini qondirishga
qaratilgan bo‘lib, ishlab chiqarish jarayonini va mehnat taqsimotini
rejali olib borish uchun qo‘llaniladi. Bu uslub ikki turda bo‘lishi
mumkin: uzoq muddatga moslashtiriladigan va bir martalik bo‘lishi
mumkin. Shart-sharoitiga ko‘ra, kerakli uslub qo‘llaniladi va bu
takomillashtirib boriladi. Boshqarish uslublarini takomillashtirishdan
asosiy maqsad daromadni to‘g‘ri taqsimlash, har bir ishchi,
xizmatchining o‘z mehnatiga yarasha daromad olishini ta’minlashdir.
Demak, boshqarish uslublarini hayotga shunday tatbiq etish kerakki,
har bir inson mehnat qilsagina, turmushi yaxshi bo‘lishiga ishonch
hosil qilsin.
Xo‘sh, boshqarish san’ati nima? Boshqarish san’ati tadbirkor
rahbarlardan talab qilinadigan eng asosiy xislatlardan bo‘lib, uning
qo‘l ostidagi ishchi-xizmatchilar bilan yaxshi munosabat o‘rnatishini,
korxonada ishlab chiqarishning eng samarali natija beradigan muhit
yaratishni taqozo etadi.
Yaponiyaning boshqarish uslubi ana shu tamoyil asosiga qurilgan.
Yaponlarning boshlang‘ich ijtimoiy sharoiti shundayki, ular ishchini
ijtimoiy himoya qilish bilan birga ma’naviy tarbiyalab borishadi, inson
psixologiyasidan to‘g‘ri foydalanishadi, ishchini ishga tayyorlash
jarayonida xalqqa ma’lum bo‘lgan uslublarni qo‘llashadi, ya’ni
bajariladigan ishning nozik tomonlarini va qat’iylikni o‘rgatishadi.
Ishchining ish joyini tez-tez o‘zgartirishi qattiq qoralanadi, shu sababli
ishchilar bir ish joyida uzoq yillar davomida ishlab, o‘z kompaniyasiga
sodiq bo‘lishadi. Natijada, ishchilarning tajribasi va malakasi juda
yuqori bo‘ladi, bu esa, o‘z navbatida, mehnat unumdorligining
o‘sishiga, yuqori sifatli mahsulot ishlab chiqarishiga olib keladi.
Mahsulot ishlab chiqarish bilan uning sifatini nazorat qilish
jarayoni hech qachon ajratilmaydi, yoki bir-biriga qarama-qarshi
qo‘yilmaydi.
Ularning
fikricha,
nazoratni
kuchaytirish
yoki
nazoratchining huquqini kuchaytirish bilan yuqori sifatli mahsulot olib
bo‘lmaydi. Vaholanki mahsulot sifatini tayyor bo‘lgandan keyin emas,
aksincha, uni tayyorlash jarayonida, bajarilgan har bir ish
operatsiyasidan so‘ng nazorat qilish kerak. Nazoratchining asosiy
vazifasi sifatsiz mahsulot ishlab chiqarayotgan ishchini topib uni
jazolash emas, balki uning sababini aniqlash va bartaraf qilishdan
159
iborat bo‘lishi kerak. Mana shu uslubni yaponlar to‘g‘ri yo‘lga
qo‘yganligi sababli har bir ishchi o‘z-o‘zini nazorat qilishga o‘rgangan
va doimo o‘z ustida izlanishlar olib boradi. Kompaniyalarda sifat
guruhlari tashkil qilingan.
Bizda ham har bir tadbirkor rahbar ish joylarida mana shunday
uslubni tashkil qila olishi kerak. Shundagina sifatsiz mahsulot sonini
kamaytirib, yuqori sifatli mahsulot olishga erishish mumkin.
Bozor iqtisodiyoti sharoiti boshqaruvida uzoq va yaqin
muddatlarga mo‘ljallangan rejalar tuzish, qarorlar qabul qilish,
ijrochilar o‘rtasida ishlarni taqsimlash, qarorlar ijrosini nazorat qilish,
ijrochilarni rag‘batlantirib borish kabi ishlar ham tadbirkor rahbar
zimmasidadir. Boshqaruv qarorlari ichki va tashqi omillarga ega
bo‘lib, ular oddiy va murakkab sharoitlarda bir qarorni tayyorlash va
qabul qilishda jamoa faollarining qatnashuvi hamda tadbirkor rahbar
tashkilotchiligini, boshqaruvni demokratik uslubda olib borishi
kerakligini ko‘rsatadi.
Tadbirkor rahbarning tashkilotchiligi – mehnat jamoasini
uyushtirish, jipslashtirish, ishlab chiqarish va tarbiyaviy jarayonlarga
ta’sir ko‘rsatish, guruh faoliyatini oliy maqsadlarga qarata olish
qobiliyati kabi masalalarni qamrab oladi.
Tadbirkor rahbarning tashkilotchilik qobiliyatining ikkinchi
yo‘nalishi ishlab chiqarish tizimini yaxshilash tadbirlariga qaratil-
mog‘i, yangi jamoada axloqiy-ruhiy muhitni qaror toptirish, yangi
texnologiyani joriy etish, kuchlarni tezkor ishlarni bajarishga qaratish,
boshqaruvdagi insonlarni imkon qadar kamaytirish, yangi xodimlar
malakasini oshirib borish, insonlardagi «boqimandalik» ruhiyatiga
barham berish, ishda har xil mojarolar kelib chiqishiga yo‘l qo‘maslik,
mehnat intizomiga qattiq rioya qilishdir.
Bozor iqtisodiyoti sharoitida tadbirkor rahbar faoliyatining
mazmuni uning boshqarish san’atini nechog‘lik egallagani, ya’ni
insonlarni jamoaga uyushtirish, ishlarni uzoq va yaqin muddatlarga
rejalashtirish, nazorat qilish, axborotlar ayirboshlash, boshqarishni
oqilona tashkil etish kabi mezonlar bilan ham izohlanadi. Bunda
tadbirkor rahbar ongliligi, tadbirkorliligi, ishlab chiqarishni ishning
ko‘zini bilib tashkil etishi, belgilangan natijalarga erishishi,
insonlarning moddiy va ma’naviy ehtiyojlarini qondirib borishi, uning
guruh, jamoa, jamiyat oldida mas’uliyat, burch tuyg‘usini chuqur his
160
qilishi muhim ahamiyatga ega.
Tadbirkorning
tashkilotchilik
qobiliyati
hamma
narsada
muvaffaqiyatga erishuvining muhim shartidir. Qanday tadbirkor rahbar
muvaffaqiyatiga tez erishadi? Ruhshunos olimlar uning bir necha
omillarga bog‘liqligini ta’kidlaganlar.
Bular quyidagilardir:
Tadbirkor rahbarda tashkilotchilik qobiliyatining namoyon
bo‘lishi:
– jamoada sof axloqiy muhit paydo qila olishi, hammaning
hamkorlikda harakat qilishini ta’minlay olishi;
– insonlarni ishontira olishi va jamoada o‘zaro yaxshi
munosabatlarni qaror toptirish uchun shart-sharoit yaratishi.
Rahbarning insonlar bilan til topib ishlash mahorati:
– tadbirkor o‘z qo‘l ostidagilarning nimaga qodirligini hisobga olib
ishlarni taqsimlashi;
– insonlarni uyushtirishning eng muhim omillaridan foydalanishi;
– har bir kishining ruhiy-psixologik kayfiyatlariga mos ravishda
muloqot qilishi.
Tadbirkor rahbarning mehnatga munosabatida ishbilarmonligi:
– ishlab chiqarish va boshqa jabhalarda har xil muammolarni hal
qilishda eng qulay yo‘llarni izlab topish;
– vijdonlilik va adolatlilik;
– boshlagan ishlarni oxiriga yetkazish.
Rahbar faoliyatida ijro etish qobiliyatining namoyon bo‘lishi:
– kasbiy malaka va ko‘nikmaga ega bo‘lishi;
– texnik vazifalarni hal etishga uquvliligi;
– yangiliklar va g‘oyalarni ishlab chiqarishga joriy etib borishi.
Tadbirkor rahbarning qarorlarni qabul qilishdagi uquvi:
– mustaqil ravishda qarorlar qabul qila olish;
– qabul qilgan qarorining oqibati va natijalarini ko‘ra bilishi;
– ishlab chiqarishda sodir bo‘luvchi turli holatlarni hisobga olib
borishi, tanglikdan qutulish yo‘llarini izlashi;
– noto‘g‘ri qaror qabul qilganda o‘z xatolarini bo‘yniga olishi;
– xodimlarni boshqaruv masalalariga ko‘proq jalb etishi.
Tadbirkor rahbarning insonlarga munosabati:
– o‘z va’dasi, so‘zining ustidan chiqishi;
161
– insonlarni bir-biridan ajratmasligi, hammaga bab-baravar
munosabatda bo‘lishi;
– o‘z qo‘l ostidagilarga va boshqalarga tavozeda bo‘lishi va o‘zini
tuta bilishi, odobliligi va xushmuomalaligi;
– insonlarga munosabatda har bir kishining ruhiy-psixologik
xususiyatlarini hisobga olib muomalada bo‘lishi.
Tadbirkor rahbarning o‘z-o‘ziga talabchanligi:
– o‘z xatti harakatlarini tanqidiy baholay olishi;
– o‘z imkoniyatlarini hisobga olib ishlashi;
– boshqalarning unga bergan yaxshi va yomon baholarini tahlil
etib, ulardan tegishli xulosa chiqarishi.
Rahbar o‘zida quyidagi ruhiy-psixologik, fiziologik, axloqiy,
ma’naviy va ishbilarmonlik sifatlarini mujassamlashtirgan bo‘lishi
kerak.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-psixologik xususiyatlari:
Nutq va tafakkur sifatlari – kuchli xotira, doimiy diqqatning
barqarorligi, sog‘lom aql, fikrning kengligi, chuqurligi, tezligi,
muammo mohiyatini tez anglab olish, ijodiylik, fikrni og‘zaki va
yozma shaklda qisqa, tushunarli, aniq tarzda ifodalash.
Xarakter sifatlari – maqsadga intiluvchanlik, dadillik, mardlik,
ishonch, o‘zini tuta bilish, o‘zi va boshqalarga nisbatan talabchanlik,
tavakkal qilish qobiliyati, qiyin vaziyatlarda ham o‘zini yo‘qotmaslik,
xazil-mutoyiba tuyg‘usi.
His-tuyg‘u sifatlari – his-tuyg‘ularning turg‘unligi, aniqligi,
ifodaliligi, kuchli hayajonli holatlarda to‘g‘ri harakatlar qilish
qobiliyati, muloqotga kirishganda boshqalar kayfiyatini, his-
tuyg‘ularini hisobga olish, o‘z his-hayajonlarini va kayfiyatlarini
boshqara olish.
Xulq-atvor sifatlari – yanada yaxshilashga intilish va uni himoya
qilish, insonlar bilan munosabatda samimiylik, halollik.
Tadbirkor rahbarning ruhiy-fiziologik sifatlari:
1. Arzimas narsalardan janjal chiqarmaslik, achchiqlanmaslik,
ba’zan ko‘rib ko‘rmaganga olish.
2. Ruhiy jarayonlarda bosiqlik.
3. Ruhiy, hayajonli xavf-xatar hollarida o‘zini yo‘qotib qo‘ymaslik.
4. O‘zini anglashda faollik, kayfiyatda o‘ta sezgirlik.
5. Jismoniy sog‘lom va har tomonlama barkamollik.
162
Tadbirkor rahbarning axloqiy, ma’naviy sifatlari:
1. Mehnatsevarlik, insonlarga nisbatan mehribonlik, insonparvarlik,
samimiylik, halollik, vijdonlilik, sabr-matonat, xolislik.
2. Tartiblilik va intizomlilik, o‘ziga va boshqalarga talabchanlik,
o‘zgalar fikrini tushunish va hisobga olish.
Tadbirkor rahbarning ishbilarmonlik sifatlari: Soha va kasb
sirlarini yaxshi bilish, o‘z ishi sohasida yuqori malakaga ega bo‘lish,
yangi texnologiya talablariga mos bilim va tajriba, ishlab chiqarish
texnikasi va texnologiyasini chuqur bilish, boshqarish usullarini yaxshi
o‘zlashtirgan bo‘lishi, o‘z bilimi, malaka va ko‘nikmalarini oshirib
borish, axborot ayirboshlashni bilish va hokazo.
Tadbirkor rahbarning tashqi ko‘rinishi ham alohida ahamiyatga
ega. Uning kiyim-boshi hamisha toza, ozoda, tartibli bo‘lishi, o‘zi esa
xulq-atvorda boshqalarga namuna ko‘rsatishi, saranjom-sarishtalikka
rioya qilishi kerak.
Mana shu xususiyatlarni o‘zida namoyon qilgan tadbirkor rahbar
bozor iqtisodiyoti talablariga to‘liq javob beradi. Zero, bozor
munosabatlari ishni jiddiy asoslarda, texnologik jarayonlar bilan
qo‘shib olib borishni, tezkorlikni, malaka va uquvni, kasb mahoratini
yaxshi egallashni taqozo qiladi. Ishlab chiqarish, savdo-tijorat, xizmat
idoralari, xalq xo‘jaligining barcha tarmoqlarida faoliyat ko‘rsatuvchi
tadbirkorlarning xorijliklar bilan hamkorlik qilish, shartnomalar va
bitimlar tuzish, muzokaralar olib borish uquvini namoyon etishi ham
bozor munosabatlari talabidir.
Tadbirkor rahbar o‘z qo‘l ostidagilarda faollik, onglilik, ijodkorlik,
intizomlilik, o‘z-o‘zini tarbiyalab borish sifatlarini qaror toptirsa,
mehnatda ham, xizmatda ham, el-ulus orasida ham obro‘ topadi.
Shuningdek, tadbirkor rahbarning ko‘pchilik bilan muomala qila olish
qobiliyati ham uning tashkilotchiligidan nishonadir.
Dostları ilə paylaş: |