Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti m. M. Tashxodjayev, M. G. Umarxodjayeva



Yüklə 3,39 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə80/116
tarix14.12.2023
ölçüsü3,39 Mb.
#178173
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116
ARM Корпоратив маданият вёрстка булди 1

9.2. Tadbirkorning madaniyati 
Tadbirkor madaniyati deganda tadbirkor adabi va iqtidori 
o‘rtasidagi dialektik bog‘lanish tushuniladi. Bu bog‘lanish quyidagi 
fazilatlar majmuasida o‘z aksini topadi:
Adab – 
aqlning suyanchig‘i, barcha fazilatlarning mezoni. 
Behudaga xalqimizda: “Aql bilan adab - egizak”, deyishmaydi. Adab – 
yaxshilik bilan yomonlikning farqini bilish, foyda bilan zarar orasidagi 
tafovutni anglashdir. Adab vositasida kishi o‘z jonini yomon 
xislatlardan davolaydi, yoqimsiz ayblardan poklaydi, chiroyli 
fazilatlardan bezaydi.
Adab tadbirkorni eng chiroyli xulq bilan qurollantiradi. Natijada 
aql egalari bunday tadbirkordan har ishda rozi bo‘lishadi. Adabli 
tadbirkor esa kundan kunga obro‘ topadi, nufuzi oshadi, ishalri ravnaq 
topadi.
Ba’zi hakimlar adabni eng mas’um va ko‘rkam fe’lga ega bo‘lish 
desalar, ba’zilari nafsni barcha qabih odatlardan tozalash deb ta’rif 
berishadi. Demak, tadbirkordagi adabning mavjudligi, bu noyob 
ne’matning mavjudligidir.
Umuman adab ikki xil bo‘ladi:

hikmat adabi; 

xizmat adabi.
Hikmat adabi 
poklik va to‘g‘ri yo‘lga yetaklaydi. 
Xizmat adabi 
e
sa badavlatlik va obro‘ga yetkazadi. Har ikkisi ham ulug‘ fazilat 
bo‘lib, biri aziz qilsa, ikkinchisi qudratli qiladi.
Adab rahbarni aql va axloq egasi bo‘lishga, vijdonli, or-nomusli, 
sof ko‘ngilli, subutli bo‘lishga da’vat etadi.
Iymon 
arabcha so‘z bo‘lib, lug‘aviy ma’nosi – 
ishonchdir
.
Sodda qilib aytganda:


156 
Iymon uya narsaning butunligidan hosil bo‘ladi: e’tiqod, iqror va 
amal, e’tiqod – bu ishonch. Iqror – so‘zda buni tan olish. Amal – 
ya’shi ishlar bilan uni isbotlash.
Insof – 
bu adolat va vijdon amri bilan ish tutish tuyg‘usi va 
qobiliyati, ishda, kishilarga 
munosabatda halollik, to‘g‘rilik. 
Barobarlik, sofdillik va haqiqatgo‘ylikdir. O‘zgani o‘z o‘rniga va 
shuningdek, o‘zini o‘zgani o‘rniga xayolan qo‘yib ko‘rish ham insofga 
kiradi. Yuqorida ta’kidlaganimizdek, to‘q ochni, boy kambag‘alni, 
baxtli baxtsizni, tolei baland tolei zabunni, omadli omadsizni, sog‘lom 
va bemorni o‘z o‘rniga qo‘yib ko‘rolsa va aksincha ham xuddi 
shunday bo‘lsa olam guliston – insoflilar safi ko‘payaveradi.
Adolat – 
bu barcha fazilatlar ichidagi eng oliy fazilatdir. 
Adolatparvar tadbirkor yoki rahbarning axloqiy xislatlari bemalol 
qonun o‘rnini bosa oladi. Ulug‘ alloma Nasriddin Tusiy ijtimoiy 
adolatning uch asosiy talabi mavjudligini va jamiyat taraqqiyotini 
belgilovchi muhim omil ekanini alohida uqtirgan edi:

Yüklə 3,39 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   116




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin