152
IX BOB. KORXONA RAHBARINING TADBIRKORLIK
ETIKASI
9.1. Tadbirkor rahbar etikasi
Tadbirkor faoliyati faqat tadbirkorlikning huquqiy va tashkiliy
asoslariga bog‘liq bo‘lmasdan, u insonlar, o‘zining qo‘l ostida xizmat
qiluvchi mutaxassislar va ishchilar, ayniqsa, chet ellik hamkasblari –
biznesmenlar doirasida umumaxloqiy me’yorlarga
rioya qilishi bilan
ham bahoanadi. Ishdagi muvaffaqiyatning yarmidan ko‘prog‘i uning
odobiga, madaniyatiga,
dunyoqarashiga, ishbilarmonlik qoidalarini
qay darajada bilishiga bevosita bog‘liqdir.
Umuman, tadbirkorlik bu–madaniyat. Aytishlariga qaraganda,
madaniyatli inson tadbirkor bo‘lishi shart emas, ammo tadbirkor inson
madaniyatli bo‘lishi lozim. Arastu (Arestotel) o‘z
zamonida birinchi
bo‘lib, axloq to‘g‘risida gapirib: “Axloq – nimani qilishimiz va
nimadan o‘zimizni tiyishimiz kerakligini aniqlashimizga yordam
beradi”, – degan edi. Birinchi Prezidentimiz I.A.
Karimov axloq
tushunchasiga quyidagicha ta’rif berdi: “Axloq – ma’naviyatning
o‘zagi. Inson axloqi shunchalik salom-alik, xushmuomaladangina
iborat emas.
Axloq bu, avvalo, insof va adolat tuyg‘usi, iymon,
halollik degani”.
Darhaqiqat, axloq biz uchun avvalo, insoniy munosabatlarni
shuningdek, insonlarning fe’l-atvorlarini,
ularning qanchalik maqbul
nuqtai nazardan ko‘rib chiqishga va baholashga imkon beruvchi bilim
sohasidir. Taraqqiy etgan davlatlarda, ayniqsa, Yaponiya va AQSHda
firmalarning “Etika kodeksi” va biznesmenlarning
alohida kasb
ustalari guruhlarining “Ishbilarmonlik kodeksi” keng qo‘llaniladi.
“Biznesmenlarning axloq koedksi” birinchi marta AQSHda 1913-yili
ishlab chiqilgan bo‘lib, unda tadbirkorlik faoliyatini yuritishning
asosiy qoidalari qabul qilingan. Bu qoidalar yagona asosga jamlangan
bo‘lib, ular biznes sohasidagi usul va siyosatni baholashda, haqiqat va
adolatlilik tushunchalari bilan uyg‘unlashishi belgilangan.
Vaqt o‘tishi bilan kodeks bir necha bor takomillashdi. Natijada, bu
borada turli firmalar va kompaniyalar tomonidan to‘plangan, ularning
tajribasiga asoslangan, umumlashgan G‘arb
ishbilarmonlik dunyosida
153
keng ma’lum bo‘lgan quyidagi “Biznesmenning axloq kodeksi”
shakllandi:
Dostları ilə paylaş: