180
Tadbirkorlik madaniyati
– bu xulq-atvor odatlari, tizimning qadri-
yatlari, ijtimoiy me’yorlar, fundamental tamoyillar va ijtimoiy institutlar
yig‘indisi bo‘lib, subyektlarni to‘plangan tajribaning uzatilishini, vaqt
o‘tishi bilan tadbirkorlik barqarorligini ta’minlashga
imkon beradigan
tadbirkorlik sohasidagi iqtisodiy faoliyatning u yoki bu shakllariga
yo‘naltiradi.
Madaniy integratsiya
– turli madaniyatlar o‘rtasida o‘zaro
bog‘liqlikning o‘sish jarayoni, to‘laqonli uyg‘unlikdagi madaniyat tizimi
shakllanishiga olib keladi.
Madaniyat majmui
– tashkilot faoliyatining belgilangan tomonlarini
tartibga soladigan qadriyatlar va me’yorlar yig‘indisi.
Mentalitet
(lat. – aql, fikrlash, o‘ylash tarzi, ruhiy xususiyat) –
umumiy
ruhiy kayfiyat, dunyoning suratini yaratadigan va madaniy
an’analarning birligini
mustahkamlaydigan fikrlar, e’tiqodlarning nis-
batan yaxlit to‘plami. Mentalitet individual va jamoaviy ongning o‘ziga
xos darajalarini tavsiflaydi.
Dostları ilə paylaş: