mumkin. Ayrim shtatlar bo’yicha esa o’zgarishlar, qo’shni shtatlar bilan qiyosiy tahlil ma’lumotlari ham ushbu manbalarda aks ettiriladi. b). Uyushmalar va tashkilotlaming hisobotlari va ma’lumotlari. Har bir shtat o’zining mustaqil iqtisodiy uyushmalari (assotsiatsiyalari, ittifoqlariga) ega bo’lganligi sababli, ular ham mustaqil tarzda yillik hisobot va ma’lumotlar tayyorlaydilar. Masalan, savdo-sanoat palatalari, maxsus sohalar bo’yicha elektronika, sotish yo’nalishlari bo’yicha o’z a’zolari uchun axborotlami to’pladi va umumlashtirdi. “Amerika marketing assotsiatsiyasi”, “Tadbirkorlikni rivojlantirish byurosi”, “Chakana savdo milliy assotsiatsiyasi ” kabi tashkilotlar va boshqalar shular jumlasidandir. 2. Marketing tadqiqotlari bo’yicha ixtisoslashgan institutlar va marketing xizmati ko’nsatuvchi muassasalaming axborotlari, hisobotlari. Ko’pgina hollarda ushbu axborot manbai tijorat axborot manbai ham deb nomlanadi. Masalan, marketing tadqiqotlari bo’yicha ihtisoslashgan institutlar GFK, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika”, “Simmons market riserch byuro”, “A.S.Nilsen” kabi tashkilotlaming bashorotlari, o’z muammo yo’nalishlari bo’yicha amalga oshiigan tadqiqot yakunlari, hisobotlari. Bunday ma’lumotlaming ayrimlari ommaviy tarzda barcha qiziquvchilarga arzonroq ayiiboshlanadi, ayrimlari esa tegishli to’lov evaziga mahsus bajariladi va taqdim etiladi. Masalan, “Marketing riserch korporeyshn of Amerika” firmasi oilalaming xaftalik iste’mol mollari haridi, iste’moli, ayrim chakana savdo korxonalari faoliyati xususida axborotlar tayyorlaydi. “Simmons market riserch byuro” firmasi esa har yili televizorlar bozoridagi o’zgarishlar, sport tovariari, dori- darmonlaming sotuvchi xususidagi axborotlami aholining jinsi, daromadi,