yoshi bo’yicha tabaqalanishini tahliliy ma’lumotlar shaklida keltiradi. 3.Iqtisodiy matbuot, tarmoq bo’yicha jumallar, ro’znomalar va kitoblar. Ushbu turkum axborot manbai juda keng bo’lib, undagi tahliliy ma’lumotlar tegishli tashkilotga, tadqiqotchilar guruhiga yoki alohida shaxsga taalluqli bo’lishi mumkin. www.ziyouz.com kutubxonasi
AQShda mashhur “Tayms”, “Faynenshl tayms” kabi ro’znomalar, “Biznes uik”, “Forchun”, “Foibs”, “Garvard biznes revyu”, “Jornal of marketing”, “Jornal of marketing riserch”, “Advertayzing eydj”, “Seylz end marketing menejment” va boshqa shu kabi jumailar ommaviy matbuotda marketing tadqiqotiga oid maqolalar, hisobotlami chop qiladi. Bundan tashqari, marketing tadqiqotlarining amaliy jihatlarini aks ettimvchi risolalar, kitoblar ommaviy matbuot manbaidan olinadigan ma’Iumotlami yanada boyitadi. 4.Tashkilotlaming ommaviy tarzda chop etiladigan ma’lumotlariga yillik balans hisobotlari, narx varaqalari, reklama jumallari, xaridorlar uchun yo’riqnomalar va shu kabilar kiradi. Bunday manbalardan o’zaro raqobatda bo’lgan firmalar ham ko’p foydalanadilar. Chunki, unda raqobatchi firmalaming sotish hajmi, mahsulot, xizmat ko’rsatish va narx siyosati xususida zarur ma’Iumotlami olish imkoni bo’ladi.1 Ma’lumki, har bir yirik aksionerlik jamiyati va o’ta yuqori savdo oborotiga ega bo’lgan ma’suliyati cheklangan shirkatlar yillik hisobotlarini, prospektlarini ommaviy nashr qiladilar. So'nggi yillarda ushbu tashkilotlaming umumiy falsafasi, sotish siyosati, marketing xizmatlari ma’lumotlari tabiiyki, bunday hisobotlarda o’z aksini topmoqda. Shu sababli, raqobatchi tashkilot yoki firmaning aksionerlari, xaridorlari, mijozlari uchun chiqaigan prospektlari,