ma’lumotlar tizimi shakllanmoqda. Bu ma’lumotlar kompyuter vositasida uzatilayotgan, to’planayotgan va saqlanayotganligi uchun yangi tur manbai deb sanaladi va yuqoridagilardan farq qiladi. Masalan, Germaniyada BLISS, FITT, PRODUKT kabi kompyuter uchun ma’lumotlar kabi banki “G BI” firmalar tomonidan, Buyuk Britaniyada PROMT, PTsMARS, FOREQAST, kabi ma’lumotlar banki “Informeyshn Aksel kompani” tomonidan taqdim etiladi. AQShda DIALOG, STN, ORBIT SAYRI SERVIS kabi firmalar kompyuterlar uchun ma’lumotlar bankini tuzadilar va o’z mijozlariga ayirboshlaydilar. Kompyuterlar uchun ma’lumotlar banki ham hozirda mustaqil bozor sifatida ildam rivojlanmoqda. “Informatsion broker” tizimi marketing xususida barcha axborotlami yig’ish, kompyuter ma’lumotlari bankiga kiritish va unga ehtiyoj sezgan tashkilotlarga yordam ko’rsatish vazifasini bajaradi. Ushbu tizimlar axborotlami to’plash bo’yichagina emas, balki ular bankini yaratish, kompyuter dasturlariga kiritish bo’yicha ixtisoslashgan. Odatda ular kichik tashkilotlar, shaxslar uyushmasi bilan muntazam aloqada bo’lib, kompyuter dasturlarining imkoniyatlarini oshirish, ko’plab iste’molchi tashkilotlar uchun qulayliklar yaratishga qaratilgan. Bizning mamlakatimizda axborot yig’ish manbalari bir muncha o’ziga xos xususiyatlaiga ega. Bu xususiyatning mavjudligi eng awalo, marketing bo’yicha axborot olish manbalari va ushbu soha bo’yicha mutasaddi tashkilotlaming tashkiliy bo’ysunish xususiyatlardan kelib chiqadi. O’zgacha jihatdan esa, ommaviy tadbirkorlikni rivojlanish darajasi, korxonalar uyushmalari, savdo- sanoat palatalari marketing xususida ma’lumotlarni yig’ish bo’yicha faoliyatlaming hozirgi holati, ulami guruhlarga ajratishda alohida yondoshishni