talab qiladi. 3.3.Axborotni to’plash uslublari Bozorda vujudga kelayotgan o’zgarishlami o’z vaqtida seza bilish, muayyan davr mobaynida xaridorlar hulq atvorini, mijozlar xatti-harakatini, raqobatchilar taktikasini o’rganish korxona va tashkilotlaming marketing faoliyatini samarali tashkil etishda muhim ahamiyat kasb etadi. Bu xususda axborotni to’liq olish, qayta ishlash va undan qaror qabul qilish bosqichida unumli foydalanish imkoniyatlari bir muncha cheklangan bo’ladi. Chunki, bozorda ro’y berayotgan o’zgarishlarning jadalligi, o’zaro bog’liqligi va ta’sirchanligi yuqoridir. Shu sababdan, o’iganilayotgan jarayon yoki obyekt xususida axborot olish, uning imkoni boricha to’laligini, ishonchliligini ta’minlash talab etadi, bunday www.ziyouz.com kutubxonasi
tarzda axborot olish uslubi bo’lib-kuzatish uslubi hisoblanadi. Kuzatish uslubi iqtisodiy, ijtimoiy sohalar statistikasida ko’p qo’llaniladigan axborot yig’ish uslubi sanaladi. Kuzatish o’z navbatida bir qator turkumlash belgilariga ko’ra farqlanadi. Bu xususda iqtisodiy statistikaga oid darsliklar va o’quv qo’llanmalarida yetarli ma’lumotlar berilgan. Kuzatish asosida o’iganilayotgan obyekt yoki jarayonga xos bo’lgan axborotni yoppasiga yoki tanlama shaklda olish mumkin. Yoppasiga kuzatish muayyan majmuaning barcha birliklarini tadqiq qilish asosida amalga oshiriladi. Bunday kuzatish odatda ko’p vaqt, mablag’ talab qiladi va uning natijalari tarmoqlararo ehtiyojlami qondirish uchun xizmat qiladi. Masalan, aholini ro’yxatga olish, tegishli xududdagi sanoat va savdo korxonalarini ro’yxatga olish va hokazolar. Tanlama kuzatish esa marketing tadqiqotlarida ko’proq qo’llaniladigan uslub