часть
1
«
Новости
образования
:
исследование
в
XXI
веке
»
ноябрь
, 2022
г
48
4. Enzimopatiyalar.
Ovqat xazm qilish sistemasi kasalliklari, ovqatni xazm qilish, singdirish, so’rilish va
barcha ovqatli moddalarni to‘liq o‘zlashtirishga ta’sir qiladi. Masalan: karbonsuvlarni to‘liq
o‘zlashtirish uchun ular avvalo ichaklarda monosaharidlargacha parchalanadi. Oshqozon
osti bezining ishlab chiqaradigan diastaza fermentining hosil bo‘lishi va chiqarilishining
buzilishida va polisaharidlarni monosaxaridlargacha parchalay olmaydi natijada
karbonsuvlarning so‘rilishi sodir bo‘lmaydi. Bu ham oshqozon osti bezining atsinoz
to‘qimalarining jarohatlanishi (pankreatit) va uning shirasini chiqaruvchi kanalning
jarohatlanishidan tosh o‘sma yuzaga keladi.Ingichka ichak epitelii qavatining
jarohatlanishi yuqumli va zaharli agentlar va vitamin «A» tanqisligi natijasida vujudga
keladi, natijada oqsil va yog‘larning so‘rilishini sekinlashtiradi.Oshqozon va ichakning
sekret va motor vazifasini buzilishi oqsillarning aminokislotalargacha parchalanishining,
oqsillarni gidrolizlanish tezligini va ovqat massalarini ichakdagi harakatini izdan
chiqaradi.Kasbga oid kasalliklarda zaharli moddalar ta’sirida ayrim fermentlarning jadalligi
sekinlashadi.Ikkilamchi alimentar kasalliklarning oldini olishda, organizmning fermentiv
statusini qolibga soluvchi enzimlarga e’tibor berish zarur.
Enzimlar-organizmda biologik katalizator vazifasini o‘taydigan spetsifik oqsillar (turli
kimyoviy reaksiyalarni tezlashtiruvchi moddalar).
Enzimopatiyalar yoki fermentopatiya bo‘lishi mumkin:
1. Irsiyatga oid: a) ma’lum bir ferment sintezining ishdan chiqishi; b) ferment ishlab
chiqarish jarayonining ayrim bo‘limlarida tuzilishi bo‘yicha kamchilik bo‘lganda.
2. Zaharlanishga oid fermentlar sinteziga spetsifik ta’sir birikmalarining xolinesteraza
fermentining jilovlanishi;
3 Alimentar: a)vitaminlar tanqisligidan; b) mikroelementlar tanqisligidan; v) ovqatli
moddalar balansi buzilishidan.
Ovqatdan zaharlanish va uning profilaktikasi
Ovqatdan zaharlanish turlari: mikrobli (toksikoinfeksiyalar, toksikozlar), mikrobga
aloqador bo‘lmagan (zaharli mahsulotlardan zaharlanish, vaqtincha zaharli bo‘lgan
mahsulotlardan
zaharlanish),
sababi
aniqlanmagan
zaharlanish
(alimentar
mioglobinuriya).
Toksiinfeksiyalar - deb, tirik mikroblar ko‘p miqdorda tushgan ovqatni iste’mol qilish
natijasida to‘satdan paydo bo‘lib o‘tkir yoki o‘rtacha kechadigan kasalliklarga aytiladi.
Zaharlanish
sabablari:
shartli
patogen
ichak
tayoqchasi
va
protey
bakteriyasi, enterokokklar,sporali anaeroblar va boshqalar.Klinikasi. Enteropatogen ichak
tayoqchalari va protey qo‘zg‘atadigan kasalliklarning yashirin davri odatda 4-24 soat
davom etadi va organizmga tushgan ichak tayoqchalari va proteyning miqdoriga bog‘liq (1
gr mahsulotda 100 milliardgacha ko‘payishi mumkin). Bunda yashirin davr 2-4 soatgacha
qisqaradi. Kasallik birdan boshlanadi: ko‘ngil ayniydi, bosh aylanadi, xarorat 37-39 Sgacha
ko‘tariladi, qorin tutib-tutib g‘ijimlab og‘riydi, kuchli ich ketadi, ba’zan teriga nim
pushtirang toshmalar toshadi. Ko‘pincha oyoq mushaklari tortishib og‘riydi. Sog‘ayish