76
o‗stirib, allantois suyuqligidan sichqonga qon tomiridan va miyasiga kiritilsa,
sichqon 24 soatda zaharlanib o‗ladi.
Gripp virusining zaharli moddasi gripp kasalligining boshlang‘ich davrida
odam qonida ham topiladi. Bu zaharli modda virus
zarrasining xususiyatiga
bog‘liqdir. Virusning tiplariga ko‗ra, uning zaharli moddasi ham har xil bo‗ladi,
ular o‗ziga mos keladigan immunmoddali (gomologik) qon zardobi bilan
neytrallanadi.
Gripp virusining toksini gripp kasalligidan tuzalganlarning qon zardobi
bilan neytrallanadi.
Chidamliligi.
Gripp virusi chidamsiz bo‗lib, uy temperaturasida bir necha
soatda o‗ladi. Muzlatilgan holda bu virus virulentligini bir necha oylab saqlaydi.
Liofil usulda vakuumda quritilib, past temperaturada saqlansa, bu virus bir necha
yilgacha tirik qoladi. 65
°
C da gripp virusi 5-10
minutdan
so‗ng halok bo‗ladi.
Ishqoriy va nordon
muhitga, efir ta‘siriga hamda dezinfeksiya qiluvchi
moddalarga chidamsizdir.
Ultra binafsha nur, ultratovush ta‘sirlariga sezgirdir,
glitserinda bir qancha oy saqlanishi mumkin.
Dostları ilə paylaş: