O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə2/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

 



KIRISH 
 
Iqtisodiyotda barqaror o‘sish sur’atlarini ta’minlash, investitsiya va biznes 
muhitini yanada yaxshilash, milliy manfaatlarimiz uchun eng qulay tarzda jahon 
iqtisodiyotiga integratsilashish, iqtisodiy faollik darajasini oshirish kabi vazifalar 
davlat tomonidan amalga oshiriladigan makroiqtisodiy siyosat samaradorligiga, uning 
ilmiy asoslanganligi hamda real voqelikni hisobga olib o‘tkazilayotganligiga bog‘liq.
Inflatsiya sur’atlarining jilovlanishi, davlat budjeti taqchilligini tan olingan 
me’yorlarlardan ham past darajada bo‘lishini ta’minlanishi respublikamizda olib 
borilayotgan makroiqtisodiy siyosat samaradorligidan dalolat beribgina qolmasdan
iqtisodiyotimizga kiritiladigan investitsiyalar ko‘lamining oshishi, tovarlar va 
xizmatlar ishlab chiqarishni kengaytirish hamda aholi real daromadlarini o‘stirishning 
muhim sharti hamdir.
Bozor iqtisodiyot sharoitida makroiqtisodiy siyosat o‘zida ijtimoiy-iqtisodiy 
tizimlarni barqarorlashtirish va muvofiqlashtirish maqsadida tuzilgan kuchli huquqiy 
davlat muassasalarining qonun chiqaruvchi, ijro etuvchi va nazorat qiluvchi 
jarayonlarining majmuaviy tizimini aks ettiradi. 
Zamonaviy taraqqiyot jarayonlari iqtisodchi kadrlardan makroiqtisodiy siyosat 
va eng zamonaviy makroiqtisodiy konsepsiyalar bilan yaxshi tanish bo‘lishni, 
makroiqtisodiy tahlil malakasiga, nazariy bilimlarni amaliyot bilan bog‘lash 
ko‘nkmalariga ega bo‘lishni talab etadi. Shu sababli ham makroiqtisodiy 
jarayonlarning 
kechishi 
qonuniyatlarini, 
makroiqtisodiy 
muammolarni, 
makroiqtisodiy siyosat yuritgan holda ularni echish yo‘llarini turli modellar 
vositasida mantiqiy izchillikka amal qilgan holda o‘rganish dolzarb vazifadir. 
Mazkur darslik shu nomdagi adabiyot (Asqarova M.T., Hakimov H.A. 
Makroiqtisodiy siyosat. O‘quv qo‘llanma. - Т.: TDIU, 2016) ning qayta ishlangan 
nashri hisoblanadi. 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin