11
Boshqa bir ta’rifga ko‘ra, budjet-soliq siyosati-hukmatning to‘liq bandlilik, to‘lov
balansining muvozanati va iqtisodiy o‘sishni (noinflatsion YaIM ishlab chiqarish
sharoitida) ta’minlashga qaratilgan, davlat xarajatlari, soliqqa tortish va davlat budjeti
holatini o‘zgartirish borasidagi chora-tadbirlari majmuidir.
Budjet soliq siyosatining quyidagi maqsadlari ajratib ko‘rsatiladi:
-iqtisodiyotdagi davriy tebranishlar darajasini pasaytirish;
-barqaror iqtisodiy o‘sishni ta’minlash;
-inflatsiyaning mo‘tadil darajasini ta’minlagan holda bandlilikning yuqori
darajasiga erishish;
-to‘lov balansining muvozanatini ta’minlash.
Pul-kredit siyosati mamlakat markaziy banki tomonidan amalga oshiriladi. U pul
aylanishining va mamlakat pul tizimining barqarorligini, noinflatsion iqtisodiy
o‘sishni ta’minlash, ishsizlikni cheklash, to‘lov balansini barqarorlashtirishga
qaratiladi.
Bu yakuniy maqsadlarga oraliq mo‘ljallar hisoblangan pul massasi, foiz stavkasi
va almashinuv kursini tartibga solish orqali erishiladi.
Pul-kredit siyosatining asosiy vositalari bo‘lib hisob stavkasi (qayta
moliyalashtirish stavkasi), depozitlarni majburiy zaxiralash me’yori va ochiq
bozordagi operatsiyalar hisoblanadi.
Investitsiya siyosati, tarkibiy siyosat, ijtimoiy siyosat, tashqi savdo siyosati va
valyuta siyosati makroiqtisodiy siyosat ko‘rinishlariga budjet-soliq va pul-kredit
siyosatining
Dostları ilə paylaş: