4
1-BOB. MAKROIQTISODIY SIYOSATNING MAQSADI, VAZIFALARI
VA MAKROIQTISODIY TARTIBGA SOLISHNING ZARURIYATI
1.1.
“Makroiqtisodiy siyosat” fanining predmeti
Makroiqtisodiy barqarorlik va yalpi ishlab chiqarishning yuqori o‘sish
sur’atlarini ta’minlash orqali aholining turmush farovonligi darajasini o‘stirish davlat
iqtisodiy siyosatida bosh maqsad bo‘lib hisoblanadi.
Mamlakatimizda qisqa davr
ichida bu maqsadga erishish borasida keng ko‘lamli, asrlarga tatigulik ishlar amalga
oshirildi va yutuqlar qo‘lga kiritildi.
Mustaqillikning dastlabki yillarida yuzaga kelgan murakkab muammolarning
muvaffaqiyat
bilan hal etilishi, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlanishi, dastlab
iqtisodiy pasayishni bartaraf etilishi va so‘ngra iqtisodiy o‘sishga erishish chuqur
o‘ylangan va ilmiy asoslangan iqtisodiy siyosat samarasidir.
Mamlakatda amalga oshiriladigan
makroiqtisodiy siyosat, uning mazmuni va
mohiyati, asosiy yo‘nalishlari, jumladan, tarkibiy o‘zgarishlarni
amalga oshirish,
iqtisodiyotni modernizatsiya va diversifikatsiya qilish, Inflatsiyaga qarshi siyosat,
monetar, budjet - soliq, investitsiya siyosati va investitsiya faoliyatini tartibga solish
kabi nazariy masalalar “Makroiqtisodiy siyosat” fani doirasida o‘rganiladi.
“Makroiqtisodiy siyosat” fani bozor iqtisodiyotining
nazariy va amaliy
tomonlarini o‘rganish bilan birga, makroiqtisodiy modellar orqali amaliyotda vujudga
keladigan iqtisodiy muammolarni tahlil qilishda va ularning yechimini topishda
muhim ahamiyat kasb etadi.
Bugungi kunga kelib ko‘pchilik mamlakatlarda davlatning iqtisodiyotdagi roli
sezilarli darajada katta ekanligini hisobga olsak, davlatning
iqtisodiy rivojlanish
strategiyasini belgilash, bozor mexanizmlariga putur etkazmagan holda iqtisodiyotni
tartibga solishi muhim ekanligiga iqror bo‘lamiz.
Davlat makroiqtisodiyotning
boshqa subyektlari hatti-harakatini belgilovchi omillarni hisobga olgan holda,
barqaror iqtisodiy rivojlanishni ta’minlash maqsadida, o‘z tasarrufida mavjud bo‘lgan
vositalar orqali ularni yo‘naltirib turadi.
5
Iqtisodiyotning qonun-qoidalariga amal qilish iqtisodiy siyosat orqali yuz
beradi, chunki bularni anglagan holda iqtisodiyot rivojiga
oid chora-tadbirlar ishlab
chiqiladi va bular iqtisodiyotga ta’sir etmay qolmaydi. Iqtisodiy siyosat o‘zi nima?
Iqtisodiy siyosat– bu iqtisodiyot subyektlarining o‘z faoliyatiga oid yo‘l-
yo‘riqlari va sa’y-harakatlarining majmuidir. Har bir iqtisodiyot ishtirokchisining, bu
xonadonmi, firmami yoki davlatmi buning farqi yo‘q, o‘z manfaatlari bor. Bu
manfaatlar amaliyotda aniq maqsad shakliga kiradi, iqtisodiy siyosat esa uni amalga
oshirishga qaratiladi. Xonadonning maqsadi o‘z iste’molini maksimumlashtirish va
kelajakni ta’minlash uchun jamg‘arma hosil etishdir. Firmaning maqsadi esa foydani
maksimumlashtirish va iqtisodiy jihatdan barqarorligini ta’minlashdir.
Davlatning
maqsadi esa, milliy iqtisodiyotning barqaror o‘sishini va shu asosda xalq
farovonligini ta’minlashdan iborat.
Davlatning iqtisodiy siyosati – bu muayyan mamlakatning milliy iqtisodiga oid
puxta o‘ylangan va ishlab chiqilgan yo‘l-yo‘riqlari va ulardan kelib chiqadigan sa’y-
harakatlaridir. Davlat iqtisodiy siyosatining aniq yo‘nalishlari bor. Ular monetar,
fiskal, tarkibiy, investitsion, tashqi iqtisodiy, innovatsion va boshqalar.
Iqtisodiy siyosat uch darajada bo‘ladi, ular: mikro, makro va mega (xalqaro)
siyosatdir.
Biz ushbu fanimizda davlatning makroiqtisodiy siyosatiga e’tibor qaratamiz.
Makroiqtisodiy
siyosatning
maqsadi
-
barqaror
iqtisodiy
o‘sishni,
makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlash va aholining
turmush darajasini yuqori
darajaga ko‘tarishdan iborat. Hozirgi vaqtda makroiqtisodiy siyosat takror ishlab
chiqarish jarayonining tarkibiy qismi hisoblanadi. U quyidagi vazifalarni bajaradi:
iqtisodiy o‘sishni rag‘batlantirish;
ishchi kuchi bozorini tartibga solish;
mintaqaviy va tarmoq tarkibidagi taraqqiyot jarayonlarini rag‘batlantirish;
ishsizlik va inflatsiyani pasaytirish;
innovatsion faoliyatni qo‘llab-quvvatlash va uni tatbiq etish;
mamlakatning ilmiy ishlab chiqarish salohiyatining rivojlanishini qo‘llab-
quvvatlash;
6
bozor infratuzilmalarini rivojlantirish va takomillashtirish.
Dostları ilə paylaş: