9
ilm-fanni, innovatsion faoliyatni va axborot texnologiyalarini rivojlantirish;
faol tashqi iqtisodiy siyosat yurgizish, qo‘shni mamlakatlar
bilan integratsion
aloqalarni rivojlantirish;
iqtisodiyotning yuksalishi va aholi farovonligining oshishini ta’minlovchi
umumdavlat ahamiyatida bo‘lgan ishlab chiqarish, ijtimoiy va ekologik
infratuzilmalarni shakllantirish;
ijtimoiy himoyalanmagan aholi guruhlarini qo‘llab-quvvatlash;
atrof-muhitni
muhofaza
qilish,
ekologik
tartibga
solish
tizimlarini
takomillashtirish, ekologik muammolarni yechishda xalqaro hamkorlik yuritish;
takror ishlab chiqarishning oqilona hududiy nisbatlarini shakllantirish va
mintaqalar ishlab chiqarish kuchlarini kompleks rivojlantirish;
mamlakat milliy xavfsizligini ta’minlash;
bozor munosabatlarining huquqiy poydevorini yaratish va qonunlarning so‘zsiz
amal qilinishini ta’minlash, institutsional infratuzilmani rivojlantirish;
ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishning strategiyasini ishlab chiqish va amalga
oshirish.
O‘tish davrida mulkni boshqarishdagi davlatning roli nihoyatda ma’suliyatli va
nisbatan murakkabroq bo‘ladi.
Eng avvalo, hukmron mavqega ega bo‘lgan davlat
mulki monopoliyasiga chek qo‘yish, uni davlat tasarrufidan chiqarish va
xususiylashtirish talab etiladi. Davlat mulkida faqatgina uning iqtisodiy rivojlanishi
va milliy xavfsizligining asosini belgilab beruvchi korxonalar qoldiriladi
Davlat jamiyat barqarorligini ta’minlashda quyidagi tadbirlarni amalga oshiradi:
– davlat soliq siyosati orqali o‘z budjeti vositasida inson farovonligining ma’lum
standartiga oid ajralmas huquqini ro‘yobga chiqarish maqsadida turli toifadagi
insonlar daromadlarini qayta taqsimlaydi.
–davlatning navbatdagi funksiyasi milliy iqtisodiyot ko‘lamida xo‘jalik
yuritishning yuqori samarasini ta’minlash. Agar bozor
mexanizmi ishlab chiqarish
samaradorligini alohida firma, tarmoq doirasida ta’minlasa, davlat bu muammoning
yechimini milliy iqtisodiyot darajasida hal etadi.
10
Davlat ilmiy asoslangan pul-kredit va soliq budjet siyosatini yuritgan holda
iqtisodiyotni zarur pul miqdori bilan ta’minlaydi. Ishlab chiqarish omillari
mulkdorlarining investitsion faoliyatini soliqdagi ayovchanlik
va davlat xarajatlari
orqali rag‘batlantiradi.
Davlat ilmiy asoslangan mintaqaviy siyosat yuritadi. Davlat hududlar o‘rtasidagi
farqlarni yaqinlashtirishga (tenglashtirish)ga moddiy sharoit yaratadi. Shuningdek,
hududlarning geografik tarixini, milliy-madaniy xususiyatlarini ham inobatga oladi.
Davlat antimonopol va antiinflyasion siyosat yuritadi. Usiz iqtisodiyot samarali
rivojlana olmaydi. Inflatsiya va monopoliya raqobatli bozor iqtisodiyotining doimiy
kasalidir. Bozor mexanizmi davlat aralashuvisiz uni davolay olmaydi.
Davlat tashqi iqtisodiy faoliyatni amalga oshirishga rahbarlik qiladi. Bozor
bunday vazifani bajara olmaydi. Bu tashqi savdo siyosati, to‘lov balansi,
valyuta
kursiga ta’sir kabilardir. Bozor mexanizmi ish kuchining xalqaro oqimini, tovar va
pul kapitalini nazorat eta olmaydi.
Davlatning aholini ijtimoiy tovarlar bilan ta’minlash funksiyasi, bozor
mexanizmi inson ehtiyojlarini to‘la ta’minlay olishga ojiz. Shunday
ehtiyojlar borki,
ularni pul bilan ta’minlab bo‘lmaydi. Bular – yurt tinchligini saqlash. Bu ne’matlar
iste’molida jamiyatning a’zosi sifatida har bir inson qatnashadi.
Makroiqtisodiy siyosat esa yuqoridagi chora-tadbirlarni amalga oshirishning eng
muhim vositasi hisoblanadi.
Dostları ilə paylaş: