54
Ikkinchisi – ishlab chiqarish va tadbirkorlik faoliyatini rag‘batlantirishga,
tarkibiy
o‘zgartirishlarni amalga oshirishga yordamlashish, iqtisodiyotda
nomutanosibliklarga barham berishga asoslangan yondoshuv. Bunda bir me’yordagi
qattiq moliyaviy va pul-kredit siyosati tovar bilan qoplashning iloji bo‘lmagan
ortiqcha talablarni cheklash bo‘yicha tadbirlar bilan uzviy bog‘lab olib boriladi.
Respublikada o‘tish davrida makroiqtisodiy barqarorlikka erishishda ikkinchi
yondoshuvga ustunlik beriladi. Bu ishlab chiqarishning ilg‘or tuzilmasiga erishish
uchun ustunlikka, istiqbolga ega bo‘lgan tarmoqlar va ishlab chiqarishlarni har
tomonlama rag‘batlantirish, eng muhim bo‘g‘inlarni aniqlash (neft, energetika, don,
paxtani qayta ishlash sanoati va h.k.) va shu orqali iqtisodiyotni tarkiban qayta tashkil
qilish bo‘yicha amalga oshiriladigan yondoshuvdir. Boshqalardan ustun hisoblangan
yetakchi tarmoqlar belgilab olinishi bilan birga, ularning ichki tuzilishini qayta
o‘zgartirish ham hisobga olindi.
Uchinchisi – institutsional islohotlarni amalga oshirishga, iqtisodiyotni
erkinlashtirishga va milliy iqtisodiyot raqobatbardoshligini oshirishga yo‘naltirilgan
usul. Bu usulga makroiqtisodiy barqarorlikka erishilgandan so‘ng o‘tiladi, ya’ni
barqarorlikni mustahkamlash maqsadida foydalaniladi. Uchinchi usul yangi usul
bo‘lib, XX asr oxirlarida alohida yondashuga aylandi.
Jahon iqtisodiy amaliyotidan ma’lumki, ishlab
Dostları ilə paylaş: