O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi m. T. Asqarova, G‘. E. Zaxidov, L. F. Amirov makroiqtisodiy siyosat



Yüklə 1,96 Mb.
Pdf görüntüsü
səhifə22/113
tarix14.12.2023
ölçüsü1,96 Mb.
#179070
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113
Makroiqtisodiy siyosat

Yu
Z
= -2,5[ u –u*] 
Bu yerda: 
u*
– ishsizlikning tabiiy darajasi; 
u
– ishsizlikning haqiqiy darajasi. 
YaIM uzilishini ifodalaydigan formula bilan Ouken qonunini formulasini 
umumlashtirib quyidagi formulani olamiz: 
 
Yh – Yp 
------------- 100 = - β [ u –u*] 
Yp 
Ouken qonuni izohlagan miqdoriy bog‘liqlikning teskari jihatiga e’tibor 
qaratamiz. Iqtisodiy tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki YaIMning 2-3 foizga o‘sishi 
davriy ishsizlik darajasini 1 foizga qisqarishini keltirib chiqarmas ekan. Ya’ni 
dastlabki 1 foizlik iqtisodiy o‘sish fan-texnika taraqqiyoti natijasida resurslardan 
foydalanish samaradorligi hisobiga erishilishi mumkin, shuningdek bu paytda aholi 
sonining ko‘payishi ham ishsizlik soninining pasaymasligiga sabab bo‘ladi. Dastlabki
2-3 foizdan yuqori bo‘lgan har 2-3 foiz iqtisodiy o‘sish esa davriy ishsizlikni 1 foizga 
qisqarishini keltirib chiqaradi. Demak 1 foizlik davriy ishsizlikni tugatish uchun
yillik 4-6 foizlik iqtisodiy o‘sish ta’minlanishi kerak. 
4.3
 
. Inflatsiya va ishsizlik o‘rtasidagi bog‘liqlik. 
Inflatsiya ( lotincha inflatio - shishish, bo‘rtish, taranglashish) –
ma’lum 
davr mobaynida mamlakatda baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining barqaror 
o‘sishi, pulning xarid qobiliyatini uzoq muddatli pasayishi. Inflatsiya bozor 
iqtisodiyotining asosiy izdan chiqaruvchi omillari jumlasiga kiradi, uning sur’ati 
qanchalik yuqori bo‘lsa, iqtisodiyotga xavfli ta’siri shunchalik katta bo‘ladi. Ayniqsa 


49 
bir iqtisodiy tizimdan ikkinchi bir iqtisodiy tizimga o‘tayotgan mamlakatlarda 
inflatsiyaning iqtisodiyotga ta’siri ancha xavfli. Chunki, bu davr narxlarning 
erkinlashuvi va shunga muvofiq ularning umumiy darajasi keskin oshib ketishi bilan 
bog‘liq. 
Ammo inflatsiya davrida barcha tovarlarning baholari ham oshavermaydi: 
ayrimlariniki barqaror bo‘lib tursa, ba’zilariniki esa tushishi mumkin.
“Inflatsiya” atamasi ilk bor Shimoliy Amerikada 1861-1865-yillardagi 
Fuqarolar urushi davrida qo‘llanildi. Inflatsiyaning atamasi muomaladagi qog‘oz pul 
massasining tovarlarning real taklifiga nisbatan haddan ziyod ko‘payib ketishi 
holatini izohlangan. Ammo inflatsiyaning bunday tavsifi mukammal emas va uning 
sabablarini ochib bermaydi. Umuman olganda inflatsiya pul muomalasi 
qonunlarining buzilishi shakli sifatida makroiqtisodiy muvozanatning buzilishini, 
talab va taklif nomutanosibligini anglatadi. 
Keynschiar maktabi namoyondalari bunday nomutanosiblikning sababi to‘liq 
bandlik sharoitida talabning haddan ziyod bo‘lishida deb bilishadi. Shu sababli ular 
ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi past bo‘lsa budjet taqchilligi va 
qo‘shimcha pul chiqarish yo‘li bilan xarid qobiliyatini, boshqacha aytganda yalpi 
talabni ko‘paytirish inflatsiyaga olib kelmaydi deb hisoblashishadi. 
Neoklassik yondoshuv tarafdorlari inflatsiyaning manbai ishlab chiqarishning 
haddan ziyod o‘sishida, ishlab chiqarish xarajatlarining ko‘payishida deb bilishadi. 
Demak keynschilar inflatsiyaga talab tomonidan, neoklassiklar esa taklif tomonidan
yondashishadi.
Agar iqtisodiyotda tovarlar va xizmatlar massasi yalpi talabga nisbatan sekinroq 
o‘ssa, yoki yalpi talab ko‘paygani holda o‘zgarmasdan tursa, bu nomutanosiblik
baholar darajasining ko‘tarilishi orqali bartaraf etiladi. Oqibatda pul birligining xarid 
qobiliyati pasayadi va milliy iqtisodiyotning qo‘shimcha pul massasiga ehtiyoji 
paydo bo‘ladi.
Inflatsiya nafaqat pul muomalasining izdan chiqishi, balki butun takror ishlab 
chiqarish mexanizmining kasali, makroiqtisodiy buzilishlar natijasidir. Baholarning 


50 
o‘sishi, pul birligi xarid qobiliyatining pasayishidan tashqari inflatsiya namoyon 
bo‘lishining quyidagi uch belgisi ham bor. Bular: 
1)
valuta kurslarining o‘zgarishi; 
2)
kredit berish shartlarining qimmatlashuv va muddatlarining qisqarishi 
tomon o‘zgarishi; 
3)
kundalik ehtiyoj mollaridan iborat iste’mol savati bahosining o‘sishi.
Inflatsiya baho indekslari - deflator va iste’mol narxlar indeksi yordamida 
aniqlanadi.
Baholar o‘rtacha (umumiy) darajasining nisbiy o‘zgarishi 

Yüklə 1,96 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   113




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin